Özbekistonda banklardan 500 AQŞ dollarigaça bölgan naqd çet el valyutasini şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarsiz oliş mumkin böldi. Tegişli hujjat 9-avgustdan kuçga kirdi.

Adliya vazirligi taşabbusi bilan qabul qilingan idoraviy hujjatga köra, endi banklardan 500 AQŞ dollarigaça naqd çet el valyutasini sotib olişda pasport, ID-karta yoki ular örnini bosuvçi boşqa hujjat talab etilmaydi.

Öz navbatida, ekvivalenti 500 AQŞ dollaridan yuqori miqdorda naqd valyuta sotib olişda esa şaxsni tasdiqlovçi hujjat taqdim etiş talabi saqlanib qoladi.

Bunga qadar banklardan çet el valyutasini hujjatsiz sotib oliş mumkin bölgan miqdor 100 AQŞ dollarini taşkil qilar edi.

Markaziy bank ma’lumotiga köra, 2025-yilda aholi banklarga 21,7 mlrd dollar miqdorida valyuta sotgan, 12 mlrd dollar valyuta sotib olgan. Jismoniy şaxslar valyuta operatsiyalarining ijobiy saldosi (9,7 mlrd dollar) içki valyuta bozorida qöşimça taklif yaratgan. Xalqaro pul ötkazmalari aholi tomonidan valyuta sotuvining asosiy manbayi bölgan.