Uning ta’kidlaşiça, qayd etilgan holatlarning barçasini töliq noqonuniy quriliş deb baholab bölmaydi. Ayrim ob’yektlarda quruvçilar ruxsat etilgan qavatlar sonidan ortiqça qavat qurgan yoki tasdiqlangan loyihadan çetga çiqqan.

“Har bitta taşkilot özining vazifasidan kelib çiqib agar vaqtida reaksiya qiladigan bölsa, bu jarayondagi öşa noqonuniy qurilmalar soni ham kamayadi. Hozir Toşkent şahrida oxirgi marta inventarizatsiya qilib Vazirlar Mahkamasiga ham ma’lumot berilgan, 70 dan ortiq ob’yektlarda 173 tadan köp qavatli uylar noqonuniy qurilgani aniqlangan. Lekin bu noqonuniy qurilganiga izoh berib ketaman, 100 foiz noqonuniy emas. Misol uçun, 9 qavatga ruxsat olgan, hamma loyiha hujjatlari bor, lekin 10 qavat qilib qöyganlari bor. Yoki ikkita 9 qavatga ruxsat olgan qöşimçasiga beş qavat yana özining hududida qöşimça qurgan holatlar bor.

Bu holatlar böyiça hokimiyat tegişli idoralar bilan birgalikda inventarizatsiya qilib Vazirlar Mahkamasiga ham taklif kiritilgan. Bu taklifda ob’yektlarni bu jarayonga kelgunga qadar öşa ruxsat bergan taşkilotlarga yoki nazorat organlariga köriladigan çoralar, öşa ob’yekt egalariga nisbatan körilgan çoralar ham bor. Buning yeçimi yuzasidan takliflar bilan kiritilgan. Endi hozir öşa jarayondagi ob’yektlar hujjatlarni rasmiylaştirişini kutyapmiz. Buning içida Newport ham bor. Bu yerda qurilgan umumiy 9 ta domdan 3 tasiga ruxsat bor, 6 ta blok noqonuniy qurilgan. Bu xatlov jarayoni aniqlanib bu ham röyxatga qöşib berilgan”, - dedi Jasur Karimov.