JIB Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva YTHda vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH 15-avgust kuni tuşga yaqin “Zarafşon-Tomdi” yölida sodir bölgan. Cobalt maşinasida Zarafşon şahridan Tomdi tumaniga işga ketayotgan Aziza Mirzayeva boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda maşina yöldan çiqib, ağdarilib ketgan.

YTHda oğir tan jarohati olgan sud raisi voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotda YTHga haydovçi tezlikni oşirgani sabab bölgani aytilmoqda. Ammo YTH sodir bölgan hududda yölning ahvoli abgor holatda ekanini köriş mumkin.

39 yoşli Mirzayeva Aziza Asatovna 2024-yil dekabr oyida sudyalik lavozimida bölişning birinçi beş yillik muddatiga Navoiy viloyati jinoyat işlari böyiça Tomdi tuman sudining raisi lavozimiga tayinlangandi. U ikki farzandning onasi edi.
Sudyalar oliy kengaşi ham da Oliy sud Aziza Mirzayevaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.









