Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi örmonda yonğin çiqdi. Viloyat FVB axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, 12-avgust kuni soat 17:15 da “112” tizimi orqali Boysun davlat örmon xöjaligiga qaraşli Xomkon örmon bölimi hududida quruq öt va şox-şabbalar yonganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

Hodisa joyiga Surxondaryo viloyati FVB hamda Boysun davlat örmon xöjaligining kuç va vositalari jalb etilgan. Yonğinni bartaraf etiş işlariga FVBdan 194 nafar şaxsiy tarkib va 8 ta texnika, Boysun davlat örmon xöjaligidan 60 nafar şaxsiy tarkib va 3 ta texnika, şuningdek, mahalliy aholidan 55 nafar köngilli fuqaro jalb etilgan.

15-avgust soat 9:00 holatiga köra, yonğin töliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida taxminan 1 gektar maydondagi quruq öt va şox-şabbalar yongan. Tan jarohati olganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagani bildirilgan.

Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi aniqlanmoqda.