Toşkent şahar hokimligi poytaxt köçalarida dizayn-kodni joriy etiş jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr va e’tirozlar inobatga olinganini ma’lum qildi.

Xususan, şahar köçalari qiyofasidagi özgarişlarni yoritiş va biznes vakillariga dizayn-kod talablarini tuşuntiriş böyiça avvalgi yondaşuv qayta körib çiqilgan. Bunda tadbirkorlar manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.

Ma’lumotlarga köra, joriy yilning 11-mayidan 26-iyuliga qadar dizayn-kodni joriy etiş işlari Toşkentning 56 ta köçasidagi 3 228 ta tadbirkorlik sub’yektini qamrab olgan.

Jarayon bevosita ta’sir körsatgan tadbirkorlarning fikrini örganiş maqsadida Toşkent şahar hokimligi Savdo-sanoat palatasining hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda sörov ötkazgan.

Sörov natijalari ayrim hollarda tadbirkorlarga dizayn-kod talablari, zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş tartibi va bajarilişi lozim bölgan işlar ketma-ketligi öz vaqtida hamda yetarliça tuşunarli tarzda yetkazilmaganini körsatgan.

Hokimlik mazkur e’tirozlarni örinli deb topgan va ular keyingi işlarni taşkil etişda inobatga olinişini bildirgan.

509 ta fasad yangilandi

Hozirga qadar 509 nafar tadbirkor öz binosi fasadini yangilagan, yana 2 627 nafar tadbirkor esa bu yönalişdagi işlarni yakunlamoqda.

Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi taşkilotlar iştirokida har bir tadbirkor bilan individual tartibda körib çiqilişi belgilangan.

Şuningdek, dizayn-kod talablarini amaliyotga töğri tatbiq etiş maqsadida reklama sohasi mutaxassislarining malakasini oşiriş çoralari ham körilgan.

«Toşkent Invest Kompaniyasi» AJ, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi hamda Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamenti ekspertlari iştirokida 18 ta reklama-işlab çiqariş kompaniyasi mutaxassislari uçun malaka oşiriş işlari taşkil etilgan.

Toşkent şahar hokimligiga köra, dizayn-koddan közlangan maqsad faqat binolar fasadini yagona talablarga moslaştiriş emas. Jarayon tadbirkorlar uçun tuşunarli va adolatli bölişi hamda biznesga asossiz qiyinçiliklar keltirib çiqarmasdan poytaxt qiyofasini yaxşilaşga xizmat qilişi kerak.