Prezident Şavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida sifat jihatidan yangi bosqiçni boşlab berdi, deb yozdi prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Qayd etilişiça, uşbu mamlakat imperatori, boş vaziri, parlamentning ikkala palatasi rahbariyati, hukumat a’zolari, şuningdek, işbilarmon doiralar va akademik hamjamiyat vakillari bilan ötkazilgan muzokara va uçraşuvlar ikki davlat örtasidagi hamkorlik an’anaviy format doirasidan çiqib, uzoq muddatli strategik ölçov kasb etganini yaqqol namoyon etdi.

“Taşrifning asosiy xususiyati iqtisodiy şeriklikni amaliy mazmun bilan boyitişga yönaltirilganidadir. Köp yillar davomida Özbekiston va Yaponiya örtasidagi munosabatlar asosan gumanitar hamkorlik va texnik kömak loyihalariga tayangan edi. Bugun esa Özbekiston Prezidentining pragmatik va izçil siyosati natijasida ikki tomonlama kun tartibi qayta şakllantirilib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning barça yönalişlarini qamrab oldi.

Bunga yorqin dalil sifatida qiymati 12 milliard dollardan ortiq bölgan yangi kooperatsiya loyihalari portfelining şakllantirilganini keltiriş mumkin. Uşbu kelişuvlar ta’lim, soğliqni saqlaş, ekologiya va suv resurslari, transport va şaharsozlik, turizm, qişloq xöjaligi, şuningdek, tabiiy ofatlar xavfini boşqariş sohalarini qamrab oladi. «Yaşil» energetika, energiyani saqlaş tizimlari va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş böyiça qöşma loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, yetakçi yapon korporatsiyalari bilan uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini qabul qiliş taklif etildi”, deya ta’kidlaydi prezident matbuot kotibi.

Asadovning e’tirof etişiça, taşrif doirasida Özbekiston prezidentining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining ilk sammitida iştirok etgani ham muhim voqea böldi. Hududiy özaro boğliqlikni çuqurlaştiriş, “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantiriş, investitsiyaviy va raqamli şeriklikni kengaytiriş, inson kapitali salohiyatini oşirişga qaratilgan taşabbuslar Özbekistonning Markaziy Osiyoda yangi hamkorlik arxitekturasini şakllantirişda faol iştirok etişga intilayotganini aks ettiradi. Sammit yakunida Tokio deklaratsiyasining qabul qilinişi uşbu yondaşuvni köp tomonlama darajada mustahkamladi.

“Umuman olganda, Yaponiyaga rasmiy taşrif natijalari Özbekistonning dunyodagi yetakçi texnologiya va investitsiya markazlaridan biri bilan tölaqonli strategik şeriklikka bosqiçma-bosqiç ötayotganini körsatadi. Bu esa mamlakatimizning ilğor texnologiyalarni jalb etiş, yirik infratuzilmaviy va sanoat loyihalarini amalga oşiriş, mintaqaviy va global iqtisodiy jarayonlarda öz mavqeini mustahkamlaşga qaratilgan strategik siyosatini tasdiqlaydi”, deya fikr bildirgan Şerzod Asadov.