Prezident farmoni bilan, davlat rahbarining tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çoralari tasdiqlandi.

Farmonga köra, quriliş sohasida quyidagilarni nazarda tutuvçi prezident qarori loyihasi işlab çiqiladi:

  • quriliş sohasida pudrat va loyihalaş taşkilotlarining faoliyatini rağbatlantiriş;
  • quriliş sohasidagi xodimlar uçun soatlik eng kam iş haqi miqdorini oşiriş hamda barça hududlardagi miqdorini tenglaştiriş;
  • Davlat byudjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladigan quriliş-montaj işlarining smeta qiymatida pudrat taşkilotlarining rejali foydasi miqdorini 7 foizgaça etib belgilaş;
  • loyihalaş işlarini moliyalaştiriş hajmini obyektning murakkablik darajasi va öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqqan holda takomillaştiriş;
  • muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi uçun yiğimlar böyiça avans tölovini 20 foizdan 5 foizga tuşiriş.

Qaror loyihasi 2027-yil yanvar oyida tayyor bölişi kerak. Vazifa ijrosi uçun boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov, quriliş vaziri Şerzod Hidoyatov hamda iqtisodiyot va moliya vazirining birinçi örinbosari Samandar Sadullayev masʼul deb belgilandi.