Audi kompaniyasi A2 nomini qayta jonlantirdi – bu safar xetçbek unsurlariga ega ixçam elektr krossoveri körinişida. Yangi model özidan oldingi avtomobilning öziga xos jihatlarini – burçaksimon kuzov va ikki qismli orqa oynani saqlab qolgan.

Audi A2 modeli 2000-yildan 2007-yilgaça işlab çiqarilgan. Bu kam quvvatli benzin va dizel dvigatellari (hajmi 1,2 dan 1,4 litrgaça) hamda faqat old ğildiraklari tortadigan xetçbek edi.

2
Audi
Foto:

Audi kompaniyasi A2 e–tron brend tarixidagi eng samarali seriyali avtomobil ekanini taʼkidlamoqda. Optimal komplektatsiyada energiya sarfi 100 km uçun 12,8 kVt⋅soatni taşkil etadi, maksimal yuriş masofasi esa WLTP sikli böyiça 645 km ga yetadi.

Muhandislar bunga faqat ulkan batareya örnatiş orqaligina erişmadi. Avtomobilning aerodinamik qarşilik koeffitsiyenti – 0,24. Bunday körsatkiçga yopiq tub, havo olgiçning faol tösiği, aerodinamik ğildirak disklari va ğildirak arkalaridagi turbulentlikni söndiruvçi unsurlar yordamida erişilgan.

Hatto eşik tutqiçlari ham samaradorlik uçun kuraşga hissa qöşadi. Bular ustunlar asosidagi buriluvçi mexanizmlar bölib, ular yengil tortilganda eşikni mexanik tortqisiz, elektr uzatma yordamida oçadi. Audi elektr tizimi işdan çiqqan holatlar uçun zaxira energiya manbaiga ega.

3
Audi
Foto:

A2 e–tron faqat orqa ğildiraklar yordamida harakatlanadi, heç qanday Quattro tizimi yöq. Uç xil batareya va tört xil quvvat darajasi mavjud:

  • 52 kVt⋅soat, 168 ot kuçi – 100 km/soat tezlikka 8,8 soniyada erişadi, yuriş masofasi – 422 km;
  • 61 kVt⋅soat, 187 ot kuçi – yuzlikka 7,9 soniyada çiqadi, yuriş masofasi – 515 km;
  • 84 kVt⋅soat, 228 ot kuçi – 7 soniya, 645 km;
  • 84 kVt⋅soat, 322 ot kuçi – 5,7 soniya, 629 km, maksimal tezlik – 200 km/soat (qolganlariniki 160 km/soat bilan çeklangan).

Katta batareyali avtomobillarda özgarmas tok bilan tezkor quvvatlaş funksiyasi qöllab-quvvatlanadi – quvvati 183 kVt gaça bölib, 10% dan 80% gaça 29 daqiqada töladi. Kiçikroq batareyalar quvvati 100 kVt bilan çeklangan, biroq siğimi kamligi tufayli 24 daqiqada töladi.