Toşkentda 3-sinf öquvçisi maktab hojatxonasida bilaguzuk yutişga majburlangani yuzasidan tekşiruv ketmoqda. Maktab direktorining aytişiça, voqea 1-soatda röy bergan bölsa, şundan keyingi darslarda ham, ertasi kuni ham bola darslarda faol bölgan, unda tuşkun kayfiyat sezilmagan. Şifokorning sözlariga köra, operatsiyadan keyin bemorning ahvoli hamon oğir, ammo yaxşilanişi kutilyapti.

Toşkentdagi 151-maktabda 3-sinf öquvçisi hojatxonaga çiqqan vaqtda yuqori sinf öquvçilari uni temir braslet yutişga majburlagani aytilmoqda. Oqibatda, bola oğir operatsiyani boşdan keçirgan, beş santimetr içagi olib taşlangan. Kun.uz hodisa yuz bergan maktabda va öquvçi davolanayotgan şifoxonada böldi.

Maktab direktori Sevara Zufarovaning sözlariga köra, holat 3-sentabr kuni taxminan 12:30 larda bölgan.

“Öquvçi maktabga kelib, 1-soatda (2-smena) hojatxonaga çiqib kelişga öqituvçisidan ruxsat söragan. Oradan 10 daqiqa ötmasdan darsga qaytib kelgan, kayfiyati yaxşi bölgan. Öşa kuni matematika darsida doskada vazifalarni bajargan. Keçgaça 4 soatlik darslarda faol bölgan. Kayfiyati yomonligini öqituvçi sezmagan. Ertasiga, 4-sentabrda ham öquvçi darsga kelgan, darslarda faol bölgan. Noxuş holga tuşgani, kimdir xafa qilgani böyiça sinfdoşlari ham, sinf rahbari ham heç narsa sezmagan.

Vaziyatdan yakşanba kuni, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalişidan sal avval xabar topdik. Onasiga boğlanib, dori-darmonlar yetkazib berdik – moddiy yordam körsatişga harakat qildik, bu insoniylik maqsadida qilindi, çunki hamma öquvçi bizning farzandimiz”, – deydi u.

Maktab direktori holat yuzasidan psixologlar ham öquvçilar bilan işlayotganini aytdi.

Bu işni kim qilgani esa hali aniq emas. Yuqori sinf öquvçilari qilgani haqidagi gaplar esa bolaning onasiga farzandi aytgan maʼlumot va uning taxminiga asoslangan.

“Bizda 4 qavatli yangi bino qurib bitkazildi va 2-sentabr kuni biz şu binoda öquvçilarni qabul qildik. Bu binoda faqat boşlanğiç sinflar – 1-4-sinf öquvçilari öqiydi. U yerga yuqori sinf öquvçilari borişi va dars jarayonida ötiş imkoni yöq. Ijtimoiy tarmoqlarda esa yuqori sinf öquvçilari ekanligi gumon qilinyapti.

Vaziyatga töğri köz bilan qaraganda, bolaning onasi ijtimoiy tarmoqlarga çiqarganini töğri qabul qildim. Çunki bu holat bilan boşqa maktablardayam bunaqa holatlar yuzaga kelmasligi uçun ota-onalar yanada eʼtiborli bölişi kerakligini aytmoqçi bölgan. Buni körgan boşqa maktablar jamoasi ham eʼtiborli bölişiga sabab böladi.