Sirdaryoda «ölik jonlar» orqali 1 mlrd söm byudjet mablaği talon-toroj qilindi. Farğonada hamşira 4 kişini piçoqladi, biri vafot etdi. Toşkent–Andijon yönalişida tezyurar poyezd qatnovi boşlanadi. Tadbirkorlarga savdo avtomatlarini örnatiş huquqi berilişi mumkin. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Toşkent–Andijon yönalişida tezyurar poyezd qatnovi boşlanadi

10-sentabrdan Toşkent – Andijon – Toşkent yönalişidagi amaldagi poyezd tarkibi örniga zamonaviy tezyurar CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yölga qöyiladi.

Poyezd 4 ta ekonom klassda jami 357 örindiqqa ega va Toşkentdan soat 9:20 da yölga çiqib, soat 13:35 da Andijonga yetib boradi. Qaytişda soat 15:38 da yölga çiqib, 19:53 da Toşkentga yetib keladi.

Tadbirkorlarga savdo avtomatlarini örnatiş huquqi berilişi mumkin

Özbekistonda soliq maʼmurçiligini takomillaştirişga qaratilgan qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqiladi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

- soliqning belgilangan muddatda tölanmagan qismiga hisoblanadigan penya tölanmagan soliq summasidan oşib ketmasligini belgilaş;

- yakka tartibdagi tadbirkorlarga savdo avtomatlarini örnatiş va elektron savdoda buyurtmalarni topşiriş punktlarini oçiş huquqini beriş;

- fiskal çek şakllantiriladigan raqamli platformalar orqali faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslarni nazorat-kassa texnikasidan foydalaniş majburiyatidan ozod etiş;

Qonun va hukumat qarori loyihasi 2026-yil noyabr oyida tayyor bölişi kerak.

Sirdaryoda «ölik jonlar» orqali 1 mlrd söm byudjet mablaği talon-toroj qilindi

Boş prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilganida Guliston şahar obodonlaştiriş boşqarmasi masʼul şaxslari ayrim fuqarolarni işçi sifatida rasmiylaştirgani, biroq ular amalda boşqarmada işlamagani aniqlangan.

Şunga qaramay, mazkur fuqarolar nomiga jami 1 mlrd söm miqdorida iş haqi hisoblangan. Tergovga qadar tekşiruv maʼlumotlariga köra, uşbu mablağlar masʼul şaxslar tomonidan öz ehtiyojlari uçun sarflanib, byudjet mablağlari özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi - özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Toşkentda uy-joylarning yangi qiymati soliq yukini oşirmasligi aytildi

Toşkent şahrida tajriba tariqasida ötkazilgan köçmas mulkni ommaviy baholaşning dastlabki natijalari jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Mulkdorlar baholaş natijasi bilan MyGov portalidagi tegişli xizmat orqali tanişişi va baholaş natijasiga roziligi yoki rozi emasligini bildirişi mumkin.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, poytaxtdagi qariyb 600 mingta kvartiraning umumiy qiymati 426,7 trln söm deb baholangan. Bu obyektlarning amaldagi kadastr qiymati esa qariyb 57,7 trln sömni taşkil etadi. Örtadagi farq – 7,3 barobarni taşkil etmoqda.

Baholaş natijalariga bağişlangan matbuot anjumanida Fiskal tahlillar instituti direktori örinbosari Dilşod Sultonovning aytişiça, ommaviy baholaş natijasida köçmas mulkning qiymati oşgani – soliq yukining avtomatik ravişda şunça miqdorda oşişini anglatmaydi.

Farğonada hamşira 4 kişini piçoqladi, biri vafot etdi

Farğona viloyati, Qöştepa tumanida hamşira 4 kişini piçoqladi. Ulardan biri vafot etdi, yana biri şifoxonada oğir ahvolda, ikki nafari örta darajada jarohatlandi.

Holat 7-sentabr kuni tuman tuğuruqxonasida sodir bölgan. Kun.uz’ning aniqlaşiça, piçoqlagan şaxs ayol kişi bölgan. U hamşiralarni xonaga qamab olgan holda piçoqlagani aytilmoqda. Ayol nega bunday qilgani va işning boşqa tafsilotlari hozirça maʼlum emas.

Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. Uning bildirişiça, Qöştepa tuman prokuraturasi 7-sentabr kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatgan.