6 yoşli bolalar bir yillik maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab olinadi
«Inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmon imzolandi. Farmon bilan bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriş böyiça milliy dasturning asosiy yönalişlari belgilandi.
Unda belgilanişiça, 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlari bilan töliq qamrab olinadi; nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarini taşkil etiş böyiça amaldagi imtiyozlar saqlanadi va ularning samaradorligi baholanadi; barça umumtaʼlim maktablari bosqiçma-bosqiç xalqaro baholaş dasturlari bilan qamrab olinadi.
Farmon ilovasida keltirilişiça, 6 yoşli bolalarning bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan qamrovini 100 foizga yetkaziş maqsadiga 2027-yilda erişiş közda tutilgan.
Yangi Toşkent öz hokimiga ega böladi
Yangi Toşkent şahri hokimligi taşkil etiladi. Şahar hokimini prezident lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Bu haqda prezident farmonida belgilandi. Hujjat 11-noyabrdan kuçga kirdi.
Hokimlik boşqaruv apparati 14 nafar xodimdan iborat böladi. Tuzilmada hokimning birinçi örinbosari va yana ikki örinbosari, yordamçi, axborot xizmati rahbari, taşkiliy-nazorat guruhi hamda boşqa masʼul xodimlar faoliyat yuritadi.
Şaharda davlat organlari va taşkilotlarining 16 ta bölinmasi uçun jami 30 ta ştat birligi belgilangan. Ular tegişli idoralarning amaldagi umumiy ştatlari doirasida taşkil etiladi.
Yangi Toşkent hokimligi tegişli maʼmuriy-hududiy birlik taşkil etilguniga qadar faoliyat yuritadi.
Yaylov çiptasi: dalada mol boqiş pulli böladimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda yaylov çiptasi joriy etilişi va çorva mollarini dalada boqiş pulli bölişi haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatni örgandi.
Qişloq xöjaligi vazirligining iyul oyidagi qaror loyihasida mahalliy aholi uçun yaylov çiptasini pulli, kambağallik reyestridagilar uçun bepul joriy etiş taklif qilingan. Biroq prezidentning 14-oktabrdagi qarorida çipta mexanizmi aks etmagan va jamoat yaylovlaridan aholi bepul foydalanişi belgilangan.
10-noyabrda birinçi öqişda qabul qilingan «Yaylovlar töğrisida»gi qonun loyihasida esa çipta mexanizmi nazarda tutilgan. Xalq demokratik partiyasi yiğilişida maʼruzaçi çipta pulli bölişini aytgan, biroq partiyaning rasmiy xabarida bepul foydalaniş qayd etilgan. Demak, çiptaning tölov tartibi böyiça hozirça aniqlik yöq.
Demokrat.uz naşri rahbari va bloger uzoq muddatga qamaldi
JIB Toşkent şahri, Mirobod tuman sudida Demokrat.uz naşri rahbari F.M. va bloger A.Ğ.ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni tugadi.
Maʼlum qilinişiça, 11-noyabr kuni eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq F.M. Jinoyat kodeksining 165 (tovlamaçilik), 168 (firibgarlik) va 248 (öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalarida, A.Ğ. 165-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmi bilan 28 yoşli F.M.ga 10 yil 3 oy, 35 yoşli A.Ğ.ga esa 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş, F.M.dan jinoyat doirasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni undiriş belgilangan. Sud hukmi hali qonuniy kuçga kirmadi.
Hokim yordamçisi pora sifatida «ayfon» söradi
Farğona viloyati Beşariq tumanida hokim yordamçisi uşlandi, deb xabar berdi Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti.
Maʼlum qilinişiça, departamentning Beşariq tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Qörğonça mahallasi böyiça hokim yordamçisi D.X. fuqaro M.Y.ga tijorat bankida işlovçi tanişlari orqali 150 mln sömlik kredit ajratib berişi evaziga iPhone 17 Pro Max rusumli uyali aloqa vositasini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












