Röyxatga olinmagan uluşli quriliş obyektlarini reklama qiliş taqiqlanadi. Toşkent aeroportida xorijdan olib kirilayotgan telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatildi. Qaşqadaryoda 3 yoşli qizni maşinada unutib qoldirib, ölimiga sababçi bölgan boğça rahbari qamaldi. Maktab öquvçilari sel bosgan yöldan suv keçib ötkazilgani tasvirlangan video muhokamalarga sabab böldi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Röyxatga olinmagan uluşli quriliş obyektlarini reklama qiliş taqiqlanadi

Qonunçilik palatasi deputatlari «Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonunni qabul qilib, Senatga yubordi.

Qonun loyihasi muhokamasi vaqtida maʼlum qilinişiça, hujjatning 73-moddasida uluş kiritiş asosidagi qurilişlarni reklama qiliş tartibi belgilangan.

Unga köra, qurilayotgan turar joy majmuasini va undagi xonadonlarni reklama qilişga faqatgina quriliş obyektining loyiha deklaratsiyasi Yagona axborot tizimida joylanganidan keyin ruxsat etiladi.

Agar loyiha deklaratsiyasi tizimda belgilangan tartibda röyxatga olinmagan bölsa, quruvçi va boşqa şaxslarga quriliş obyektini ham, undagi xonadonni ham reklama qiliş taqiqlanadi.

Toşkent aeroportida xorijdan olib kirilayotgan telefonlarni bojxona rasmiylaştiruvi vaqtinça töxtatildi

Bojxona qömitasi Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan kelayotgan yölovçilarning mobil telefonlari 30 kungaça ekspertiza uçun olib qöyilayotgani va tezlaştirilgan rasmiylaştiruv uçun qöşimça tölov joriy etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Qömita maʼlumotiga köra, hozir Toşkent xalqaro aeroporti orqali olib kirilayotgan mobil qurilmalarning bojxona rasmiylaştiruvi IMEI identifikatorlarini aniqlaş va ularning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş bilan boğliq masalalar hal etilguniga qadar vaqtinça töxtatilgan.

Avvalroq, Özbekiston aeroportlarida xorijdan olib kirilayotgan smartfonlarning IMEI-kodlari tekşiruvi kuçaytirilgani haqida xabar berilgandi. Ayrim maʼlumotlarga köra, qiymati 1000 dollardan yuqori telefonlar 30 kungaça ekspertizaga olib qolinişi mumkin. Bu holat Toşkentdagi «Malika» maişiy texnika bozorida ayrim iPhone modellari narxi 50–400 dollarga oşişiga ham sabab bölgan. Yangi tartibning huquqiy asoslari va qöllaniş mexanizmi esa savollar tuğdirmoqda.