Eron Hörmuz böğozini oçiş uçun AQŞga yettita şartni ilgari surdi, deb xabar berdi Tasnim agentligi.

"Eron Hörmuz böğozini oçiş uçun AQŞga vositaçilar orqali yettita şartni yetkazdi va bu şartlar bajarilmas ekan, Hörmuz böğozi oçilmaydi", - degan agentlik manbasi.

Uning qöşimça qilişiça, Tehron va Maskat örtasidagi duşanba kuni eʼlon qilinadigan kelişuvda Hörmuz böğozining oçilişi közda tutilmagan. 

"Kelişuvga köra, Fors körfaziga kiriş tölaligiça Eron hududiy suvlari orqali ötadi, çiqiş esa qisman Eron suvlari orqali ötadi", - deyiladi xabarda.

Manbaning sözlariga köra, AQŞ Erondan oçişni talab qilayotgan Hörmuz böğozining janubiy yölagi oçilmaydi.