Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi 1-oktabr kuni Toşkentda Suriyaga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Bu haqda ÖFA matbuot xizmati xabar berdi.
Öyin boşlaniş vaqti soat 19:00 ekani körsatilgan, ammo şahardagi aynan qaysi stadionda bölib ötişiga aniqlik kiritilmagan.
FIFAning yangilangan reytingiga köra, Özbekiston 60-örinda, Suriya esa 83-örinda joylaşgan.
Özbekiston va Suriya milliy jamoalari şu vaqtgaça yetti marta özaro öynagan. Şundan uçtasida suriyaliklar, ikkitasida özbekistonliklar ğalaba qozongan, ikki öyin durang hisob bilan tugagan. Umumiy töplar nisbati – 5:5.
Sönggi özaro öyin 2024-yil yanvarida Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogi doirasida bölib ötgan va unda 0:0 hisobi qayd etilgandi.
Fabio Kannavaro boşçiligidagi milliy jamoasi 2027-yilgi Osiyo Kubogiga (turnir 7-yanvardan 5-fevralga qadar Saudiya Arabistonida ötkaziladi) tayyorgarlik jarayonini boşlamoqda. Kuzgi yiğin doirasida 24-sentabr kuni Farğonada Eron, 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarşi örtoqlik öyinlari ham ötkazilişi rejalaştirilgan.












