«Boysun döppisi» geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi.

U Boysun tumani hududida qadimdan tikib kelinadigan milliy boş kiyimlardan biri hisoblanadi. Döppi dumaloq şaklda bölib, piltadözi uslubidagi kaştalar bilan bezatiladi.

«Boysun döppisi» boşqa milliy boş kiyimlardan öziga xos piltadözi kaşta uslubi, geometrik naqşlari, yorqin ranglar uyğunligi va anʼanaviy tikiş usullari bilan ajralib turadi.

Uni bezaşda çilxol, çayongul, qöçqorşoxi, arça va közaça kabi anʼanaviy naqşlardan foydalaniladi.

Döppining geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötkazilişi mahsulotning aynan Boysun hududi bilan boğliq xususiyatlarini huquqiy jihatdan himoya qilişga xizmat qiladi.

Şuningdek, «Boysun döppisi» nomining huquqiy muhofazasi taʼminlanib, uning anʼanaviy xususiyatlari va işlab çiqariş usullarini saqlab qoliş uçun qöşimça huquqiy asos yaratiladi.

Bu Boysun hunarmandçiligi mahsulotini Özbekiston va xalqaro bozorlarda tarğib qiliş imkoniyatlarini ham kengaytirişi kutilmoqda.

Maʼlumot uçun, geografik körsatkiç - mahsulotning muayyan sifati, obrösi yoki boşqa xususiyatlari maʼlum bir geografik hudud bilan boğliqligini körsatuvçi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.