Kanada boş vaziri Mark Karni 17-sentabr kuni Yevropa parlamentida nutq sözlab, «Yevropa va Kanada birgalikda kuçliroq» ekanini va öz mamlakatiga Yevropa Ittifoqining assotsiatsiyalangan aʼzosi maqomini beriş taklifini «olqişlaşini» aytdi. Avvalroq Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen şunday taklif bilan çiqqan edi.

Yevroparlamentda sözga çiqqan Karni Kanada va Yevropa Ittifoqi «faqat qulay şaroitlar mavjud bölgandagina ittifoqçi emasligini, biz faqat bir tomon yutadigan kelişuvlarga intilmasligimizni» taʼkidladi va ikkala tomon ham qonun ustuvorligi, inson qadr-qimmati, şaxs erkinligi va demokratiyaga nisbatan «bir xil qatʼiy sodiqlik»ni baham körişini aytdi, deb xabar berdi BBC.

«Zamonaviy dunyoning sovuq beqarorligi şaroitida» yangi hamkorliklar zarur, dedi fon der Lyayen bir kun avval Strasburgdagi assambleya oldida, ammo assotsiatsiyalangan aʼzolik nimani anglatişini aniqlaştirmadi.

Yevropa Ittifoqi va Kanada «dunyoga bir xil qaraydi: sunʼiy intellektdan iqlim özgarişigaça, Arktikadan geosiyosatgaça. Biz birgalikda harakat qildik: Ukraina, mudofaa, xomaşyo va taʼminot zanjirlari masalalarida. Lekin eng avvalo... Yevropa va Kanada demokratiyaga işonadi», - dedi fon der Lyayen.

Karni fon der Lyayenning «kelajakda ança mustahkam va ambitsiyali ittifoq» haqidagi taklifini olqişladi, deb xabar berdi uning idorasi va qöşimça qildi: «Kanada va Yevropa strategik imkoniyatlarning barça sohalarida çuqur hamkorlik orqali bizning strategik avtonomiyamizni taʼminlaşi kerak».

Avvalroq Karni Kanada Yevropa Ittifoqi bilan «noyob ittifoq» tuzişga intilişini, ammo unga aʼzo böliş niyatida emasligini aytgan edi.

Tramp qarşi

Karnining taşrifi Vaşingtonda eʼtibordan çetda qolmadi: AQŞ prezidenti Donald Tramp, agar Yevropa Ittifoqi Kanadaga blokning birinçi assotsiatsiyalangan aʼzosi maqomini beriş taklifini qabul qilsa, Yevropa Ittifoqiga qarşi çoralar köriş bilan tahdid qildi.

«Agar ular buni qilsalar, agar men buni duşmanlik harakati deb hisoblasam, men juda jiddiy bojlar joriy etaman yoki köplab tovarlar böyiça Yevropa bilan savdoni töxtataman», - dedi Tramp jurnalistlarga va bu taklifni «kulgili» deb atadi.

«Agar bu yaxşi niyat bölsa, hammasi joyida. Agar bu yomon niyat bölsa, biz Yevropa tovarlariga juda yuqori bojlar joriy etamiz», - deb qöşimça qildi u.

Fransiyaning Yevropa işlari böyiça vaziri Benjamin Haddadning aytişiça, Qöşma Ştatlar Yevropa Ittifoqining geosiyosiy qarorlariga veto qöyiş huquqiga ega emas. «Qöşma Ştatlar va boşqa heç kim yevropaliklarning siyosiy va geosiyosiy yönalişini tanlaş huquqiga ega emas», - dedi u Public Senat telekanaliga.