Ukraina quruqlik qöşinlari Uçinçi armiya korpusi qömondonligi ukrain harbiylari Donetsk oblastining şimoliy qismida qarşi hujum amaliyoti ötkazayotganini eʼlon qildi. Bu haqda korpus qömondoni, brigada generali Andrey Biletskiy maxsus videomurojaatida eʼlon qildi. Bungaça Z-blogerlar ham Ukraina qurolli kuçlari Liman şahri atrofida yuriş qilayotgani haqida xabarlar (1, 2, 3) bergandi.
Ukraina qurolli kuçlari operatsiyaga «Vivaldi» nomini bergan. Biletskiyning maʼlum qilişiça, uşbu yuriş doirasida Uçinçi korpus Liman yönalişidagi bir neçta aholi punktlarini – Novoselovka, Aleksandrovka, Yarovaya, Korove Yar atroflarini «infiltratsiyadan tozalagan», şuningdek, Sredneye ozod qilingan. Umuman olganda, Ukraina qurolli kuçlari 75 kilometr kvadrat maydonni tozalagan va yana 10 kilometr kvadrat hududni Rossiya qöşinlaridan ozod qilgan, şuningdek, «Rossiya Federatsiyasining 20 va 25-armiyalarining jangovar qobiliyatiga qaqşatqiç zarba bergan». Bu maʼlumotni boşqa mustaqil manbalar orqali tasdiqlaşning imkoni yöq.
Biletskiy operatsiyaning uşbu bosqiçida Rossiya qöşinlari bir yarim mingga yaqin askar (yaradorlar bilan qöşib hisoblangan bölişi mumkin), 12 mingdan ortiq dron, yuzlab zirhli texnikalar, artilleriya tizimlari va avtomobil texnikalarini yöqotganini aytgan. Şuningdek, uning sözlariga köra, Ukraina dronlari duşmanning logistika yöllarini kesib qöygan.
«Oçiq manbalarda hozirda hujum harakatlarimizning pirovard maqsadi – Çerniy Jerebets daryosi qirğoqlariga çiqiş ekani haqida köplab maʼlumotlar bor. Lekin bizning operatsiyamiz „Vivaldi“ deb nomlangan. Vivaldida esa, maʼlumki, tört mavsum bor. Va bu – hali birinçi mavsum», – degan Uçinçi korpus qömondoni.
Biletskiy «axboriy sukunat rejimi»ga rioya etişga çaqirib, rasmiy manbalarda amaliyot böyiça hisobot berib borilişini vaʼda qilgan. Ukraina qurolli kuçlarining Donetsk oblastidagi qarşi hujum amaliyoti bir neça oydan buyon davom etmoqda, ammo bungaça bu haqda rasman maʼlum qilinmagandi. Uşbu amaliyotning yakuniy maqsadi ham nomaʼlum.
Liman – RF tomonidan işğol etilgan Donetsk şahridan taxminan yuz kilometr şimoldagi strategik muhim ahamiyatga ega bölgan şahar hisoblanadi. Rossiya qöşini 2022-yil mayida uşbu şaharni egallab olgandi, ammo Ukraina qurolli kuçlari öşa yil oktabridayoq şahar ustidan nazoratni qaytarib olgan. 2026-yil yozi boşida RF qöşinlari Limanni yana şturm bilan egallaşga harakat qildi, ammo buni uddalay olmadi.













