Prezident Şavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borişi yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda avtomobil yöllari infratuzilmasini rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Ötgan oyda qiymati 2,2 milliard dollar bölgan Toşkent – Samarqand pulli avtomobil yöli qurilişiga start berildi. Urganç va Xiva şaharlarini boğlovçi ilk pulli yöl işga tuşirildi.

Taqdimotda Toşkent – Samarqand loyihasining keyingi bosqiçlarini moliyalaştiriş, Toşkent – Andijon va Toşkent – Böstonliq pulli yöllari böyiça investorlarni aniqlaş hamda amaliy işlarni boşlaş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

6717e15d-e859-bcac-926f-2eccdfecba28_lists_slider_
Foto: Prezident matbuot xizmati

Temir yöl tarmoğining ötkazuvçanligini oşiriş böyiça takliflar taqdim etildi.

Bugungi kunda asosiy tranzit yönalişlaridagi qator temir yöl uçastkalari yuqori yuklama bilan işlamoqda. Sanoat yuklari hajmining ortişi va yangi yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovining yölga qöyilişi mavjud infratuzilmaga talabni yanada oşiradi.

Şu bois, Maktaaral – Sirdaryo, Angren – Pop, Toşğuzor – Boysun – Qumqörğon, Toşkent – Samarqand va Töqimaçi – Angren yönalişlarini modernizatsiya qiliş çoralari körib çiqildi. Uşbu işlarga 200 million dollar yönaltiriş hisobiga uçastkalarning ötkazuvçanligini 25-30 foizga oşiriş mumkinligi qayd etildi.

“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli qurilişi, Toşkent – Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi temir yöl barpo etiş, hududlardagi temir yöl tarmoqlarini kengaytiriş va elektrlaştiriş loyihalari yuzasidan axborot berildi. Yuk vagonlari parkini yangilaş, mazkur jarayonga xususiy sektorni keng jalb qiliş takliflari ham muhokama qilindi.

e4998f0c-39cb-ecdc-6e5c-c5839ab7481c_lists_slider_
Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş va dengiz portlari orqali jahon bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari alohida körib çiqildi.