“Eng yuqori oylik olingan davr ham qamrab olinadi”
Abror Xolmatov, Pensiya jamğarmasi bölim boşliği: Bugungi qonunçilikka köra, fuqaroga pensiya tayinlaşda ikkita asosiy omil - iş staji va örtaça oylik iş haqi hisobga olinadi. Pensiyaning bazaviy miqdori örtaça oylik iş haqining 55 foizi etib belgilanadi.
Hozirgi tartib böyiça pensiyaga çiqayotgan fuqaroning oxirgi 10 yillik mehnat faoliyatidagi eng yaxşi uzluksiz beş yilligi örtaça iş haqini hisoblaş uçun olinadi.
Taklif etilayotgan tartibning asosiy maqsadi - fuqaroning mehnat faoliyatidagi yuqori daromadli davrlarini ham pensiya hisob-kitobiga qamrab oliş.
Tahlillarga köra, fuqarolarning daromadi yuqoriroq böladigan davr, odatda, 35–50 yoş oraliğiga töğri keladi. Amaldagi tartibda esa oxirgi 10 yillikning eng yaxşi beş yilligi hisobga olingani sababli, fuqaroning 50–60 yoşdagi davri ham uşbu hisob-kitobga tuşişi mumkin. Bu davrda iş haqi avvalgi yillarga nisbatan past bölişi ehtimoli yuqori.
Şu sababli taklif etilayotgan tizimda hisobga olinadigan davr 20 yilgaça bosqiçma-bosqiç uzaytiriladi. Natijada fuqaroning yuqoriroq iş haqi olgan davrlari ham pensiya hisob-kitobiga kiradi.
Bu özgariş birdaniga 20 yilni hisobga olişni anglatmaydi. Davr har yili bir yilga uzaytirib boriladi. Masalan, hozirgi beş yil örniga keyingi bosqiçda olti yil, undan keyin yetti yil va şu tarzda 20 yilgaça oşirib boriladi.
“20 yilga bosqiçma-bosqiç boriladi”
Abror Xolmatov: Bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Yaʼni kelasi yilning özida 20 yillik iş haqi hisobga olinmaydi. Har yili hisobga olinadigan davr bir yilga uzayib boradi.
Natijada 2041-yillarga borib, 20 yillik iş haqi töğrisidagi maʼlumotlarni hisobga oliş imkoniyati şakllanadi.
Buning yana bir sababi - bugungi kunda pensiyalar, jumladan, yoşga doir va nogironlik pensiyalari proaktiv şaklda tayinlanmoqda. Fuqaro Pensiya jamğarmasiga alohida murojaat qilmaydi. Pensiya tayinlanganida bu haqda uning mobil ilovasiga xabarnoma yuboriladi.
Pensiya tayinlaş uçun fuqaroning iş haqi va iş staji töğrisidagi maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlari orqali olinadi.







