Milliy statistika qömitasi Özbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda eng köp safar qilgan davlatlar röyxatini eʼlon qildi.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2026-yilning dastlabki sakkiz oyida 5,3 mln nafar Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda çet elga çiqqan.
Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 109,9 ming nafarga köpaygan.
Özbekistonliklar eng köp Qirğizistonga safar qilgan. Yanvar–avgust oylarida uşbu mamlakatga 2 mln 427 ming 526 nafar Özbekiston fuqarosi borgan. Bu umumiy xorijiy safarlarning qariyb yarmiga teng.
Ikkinçi örinni 955 ming 829 nafar sayyoh bilan Qozoğiston, uçinçi örinni esa 876 ming 650 nafar bilan Tojikiston egalladi.
Özbekiston fuqarolari eng köp safar qilgan davlatlar:
Qirğiziston - 2 427 526 nafar;
Qozoğiston - 955 829 nafar;
Tojikiston - 876 650 nafar;
Rossiya - 257 567 nafar;
Turkiya - 212 265 nafar;
Saudiya Arabistoni - 184 155 nafar;
Birlaşgan Arab Amirliklari - 56 910 nafar;
Xitoy - 52 043 nafar;
Misr - 39 599 nafar;
Vetnam - 33 439 nafar.
Reytingning dastlabki uç örnini Özbekiston bilan çegaradoş davlatlar egallagan. Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikistonga jami 4 mln 260 mingdan ortiq fuqaro safar qilgan. Bu xorijga qilingan barça turistik safarlarning qariyb 80 foizini taşkil etadi.
Uzoqroq yönalişlar orasida Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoni yetakçilik qilmoqda. BAA, Xitoy, Misr va Vetnam ham özbekistonliklar köp borayotgan davlatlar öntaligiga kirdi.








