Yöldagi agressiv harakat deganda faqat tezlikni oşiriş yoki yöl qoidasini buziş tuşunilmaydi. Orqadan signal çalib, boşqa haydovçini şoşiriş, piyodani qörqitiş, keskin manyovrlar qiliş, tirbandlikda asabiylaşiş ham yöl harakati xavfsizligiga taʼsir qiladi. Ayniqsa, maktablar atrofida bunday harakatlar jiddiy xavf tuğdiradi.

Suhbat davomida maktablar oldidagi 30 km/soatlik tezlik çeklovi, haydovçilarning stress va hissiyotlari, yöldagi agressiv xulqning sabablari, qoidabuzarlik uçun huquqiy javobgarlik va jarima ballari muhokama qilindi. Şuningdek, jazoning özi yetarlimi yoki haydovçilik madaniyatini oşiriş va jamoatçilik taʼsirini kuçaytiriş kerakmi, degan savollarga ham javob izlandi.

Maktab oldidagi 30 km/soat nega muhim?

Toşkentda 400 ga yaqin maktab bor, ularning 91 tasi asosiy köça va yöllar böyida joylaşgan. Bolalarning yölga tösatdan çiqib qolişi mumkinligi esa maktab atrofida oddiy yöl qoidalaridan köra qattiqroq ehtiyotkorlikni talab qiladi. Maktab oldida tezlikni 30 km/soatga çeklaşning özi bolalar xavfsizligini taʼminlaydimi?

«Statistikaga qaraydigan bölsak, piyodalar iştirokidagi yöl-transport hodisalari umumiy YTHlarning salmoqli qismini taşkil qiladi. Bolalar iştirokidagi YTHlarning esa 82 foizi piyodalar bilan boğliq. Bunda bolalarning belgilanmagan joydan yoki tartibga solingan joydan ötişi kabi holatlar asosiy qismni taşkil qiladi. Şuning uçun aynan piyodalar bilan boğliq YTHlarning oldini olişga qaratilgan çoralarni kuçaytirişimiz kerak», - deydi Toşkent şahar yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi vakili Zokir Fayziyev.

«Ikki-uç daqiqa uçun tezlikni oşirişning maʼnosi yöq»

Haydovçi Abduqodir Ötkirovning fikriça, tezlikni oşiriş sabablaridan biri haydovçilar örtasidagi özaro hurmat va yöl madaniyati yetişmasligi bilan boğliq. Uning taʼkidlaşiça, ayrim haydovçilar tirbandlikda bir neça daqiqa yutib qoliş uçun tezlikni oşiradi yoki boşqa transport vositalarini şoşiradi.

«Baʼzi haydovçilar yölda ikki-uç daqiqa oldinroq yetib boriş uçun tezlikni oşiradi. Aslida şu ikki-uç daqiqa uçun özining ham, boşqalarning ham hayotini xavf ostiga qöyişning maʼnosi yöq. Ayniqsa maktablar oldida bola qayerdan çiqib qolişini oldindan bilmaysiz. Haydovçi qança tajribali bölmasin, kutilmagan vaziyatda reaksiya qiliş uçun unga vaqt kerak.

Özim ham şunday holatga duç kelganman. Maktabning oldidan ötib ketayotgan edim. Biz asosan navigator bilan ham işlaymiz. Belgini körmay qolgan taqdirimizda ham navigator ogohlantiradi: 30 tezlikda yuriş kerak, deb. 30 tezlikda ketyapman. Orqamdan inomarka maşina keldi, signal çalib, tezroq yurişga işora qila boşladi. Baribir qonun-qoidaga amal qiliş kerak-da. Eʼtibor bermadim, 30 tezlikda ketyapman. Orqamdan yana signal çala boşladi, “tezroq yurmaysanmi?” degandek. Majbur bölib tezroq yurdim. Şunda bitta bolani urib yuborişimga sal qoldi. Keyin maşinani çetga olib, öşa haydovçiga tuşuntirdim. Agar urib yuborganimda nima bölardi? Men aybdor bölardim, sen esa ötib ketarding”, dedim», - deydi Abduqodir Ötkirov.

Nega rulda insonning xulqi özgarib ketadi?

Tibbiy psixolog Asqar Ergaşev bu holatni insonning stress va hissiyotlarni boşqarişi bilan boğlaydi. Rulga ötirganda diqqatini doimiy ravişda yölga qaratişi, tirbandlik, signallar, boşqa avtomobillarning keskin harakatlari kabi omillarga reaksiya bildirişi kerak böladi. Bu esa çarçoq va asabiylikni kuçaytirişi mumkin.

«Tirbandliklar, qisib ötişlar, kutilmagan holatlar odamning jahlini çiqarişi mumkin. Şu paytda uning odatda yaşirib yurgan xarakteri namoyon bölişi ehtimoli bor. Ayrim haydovçilar boşqalarni sökiş, baqiriş yoki ularga nisbatan agressiv harakat qilişni boşlaydi. bunday vaziyatda inson özini doimo haq deb hisoblaşi agressiv xulqni yanada kuçaytirişi mumkin. Haydovçi boşqa iştirokçilar ham xato qilişi mumkinligini hisobga olsa, keskin reaksiyalar kamayişi ehtimoli bor», - deydi psixolog.

Stress qonunbuzarlik uçun oqlov böla olmaydi

Advokat Azizxon Saidxöjayev esa haydovçining ruhiy holati va huquqiy javobgarlikni bir-biridan ajratiş lozimligini taʼkidlaydi.

«Insonning egosi bor, qandaydir holatda stressga tuşişi mumkin. Lekin bu stress yöl-transport hodisasini sodir etgan şaxs uçun heç qanday oqlov böla olmaydi. Bu yerda aniq qonun normalari işlaydi: qaysi qonun talabi buzildi, qaysi norma buzildi – şu asosda baholanadi. Psixoemotsional holat, menimça, bu yerda eng oxirgi darajada söraladigan narsa. Yana bir muhim jihati – har doim ham yöl qoidasini buzgan odam yöl-transport hodisasiga sababçi böldi, degan xulosaga kelib bölmaydi. Masalan, bir haydovçi qayrilib oliş qoidasini buzdi, qarama-qarşidan kelayotgan haydovçi esa mast holatda bölişi mumkin. Lekin öşa qayrilib oliş qoidasi buzilmaganida, hodisa umuman sodir bölmasligi ham mumkin. Şuning uçun har bir holatda sababiy boğlaniş aniqlanadi», - deydi huquqşunos.

«Tezlik qança past bölsa, tan jarohati şunça kamayadi»

Yöl harakati xavfsizligi böyiça yana bir muhim masala - tezlik çeklovlari va jarima ballari tizimi samaradorligi. Mutaxassisning taʼkidlaşiça, tezlikni belgilaşda yöl harakati xavfsizligi birinçi örinda turişi kerak.

«Tezlikni oşiriş, masalan, 60 km/soatdan 50 km/soatga tuşirilsa, 40 yoki 30 km/soat bölsa, insonga qança zarar yetkazişi böyiça hammasining ilmiy tahlillari bor. Tezlik qança past bölsa, odamga yetadigan tan jarohati ham şunça kamayib boraveradi. Şu nuqtai nazardan, yöl harakati xavfsizligi uçun tezlik çeklovlarini qayta körib çiqiş masalasi doim muhokama qilinişi kerak. Jarima ballari esa haydovçilarni tiyib turiş mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ayrim haydovçilar bir neça marta qoidabuzarlik qiladi, jarimasini tölaydi va yana qoida buzaveradi. Ball tizimi şunday jazo va rağbat mexanizmi bölişi kerakki, haydovçi takroriy qoidabuzarliklardan özini tiya bilişi kerak. Tezlik tuşirilgandan keyin tezlik bilan boğliq yöl-transport hodisalari kamaygani kuzatildi», - deydi Zokir Fayziyev.

Huquqşunos esa jarima va ball tizimi bilan bir qatorda haydovçilik madaniyati va jamoatçilik taʼsiri ham muhimligini taʼkidlaydi.

«Har bir yölga bir xil tezlik çeklovini qöllaş töğri emas. Yölning infratuzilmasi va şaroitiga qarab differensiatsiya bölişi kerak. Ball masalasiga keladigan bölsak, belgilangan tezlikdan maʼlum foiz oşirilgan holatga qarab baholaş tizimi bölişi mumkin. Masalan, 30 km/soat belgilangan joyda 10 foizlik meyor qöllansa, 33 km/soatgaça, 60 bölgan joyda 66, 80 bölgan joyda 88 km/soat kabi. Bu masala ham har ikki tomon - haydovçilar va huquq-tartibot idoralari uçun aniq va tuşunarli tizim bölişi mumkin. Lekin jazo bilan heç qaçon vaziyatni töliq önglab bölmaydi. Jazo tahdidi maʼlum darajada qoidabuzarlikning oldini olişi mumkin, ammo ayrim odamlarga ball yoki huquqdan mahrum qiliş ham yetarliça taʼsir qilmasligi mumkin.

Şuning uçun jamoatçilik tanbehi va haydovçilarning bir-birini tarbiyalaşi ham muhim. Bolalarga esa yöl qoidalarini yoşligidan örgatiş bilan birga yöldagi odob va madaniyatni ham singdiriş zarur», - deydi huquqşunos.