Özbekistonda «Pensiya» ilovasi işga tuşiriladi. Bu haqda Pensiya jamğarmasi direktori Murodbek Otajonov 25-sentabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
«Yangi «Pensiya» mobil ilovasini yaratiş ustida işlayapmiz. Ilovani oktabr oyida eʼlon qilamiz. Loyiha jamğarmaning IT bilan boğliq eng asosiy yönalişi hisoblanadi. Fuqarolar özi uçun iş beruvçi qança ijtimoiy soliq tölaganini bilmaydi. Pensiya miqdori ham qança bölişi haqida oldindan xabardor emas. «Pensiya» ilovamiz mana şu savollarga javob beradi. Pensiyaning jamğarib boriladigan qismidan yiğiladigan mablağlarni investitsiya qiliş imkoniyatlari ham yaratiladi», degan Murodbek Otajonov.
Avvalroq, amaldagi pensiya tizimini özgartirişni nazarda tutuvçi qaror loyihasi muhokamaga qöyilgani xabar qilingandi. Qaror loyihasida «Pensiya» mobil ilovasini yaratiş ham nazarda tutilgandi. U orqali fuqarolar pensiyaga oid davlat xizmatlaridan onlayn foydalanişi, iş staji va daromadlarini tekşirişi, kelajakdagi pensiya miqdorini hisoblaşi va pensiya jamğarmalarini boşqarişi mumkin böladi. Ilovani 2027-yil aprel oyida işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, uşbu loyiha bilan 2028-yildan pensiya yoşini har yili 3 oyga oşiriş taklif etilyapti. 2039-yilga kelib, u erkaklar uçun 63, ayollar uçun 58 yoşga yetkaziladi. Şuningdek, pensiya tayinlaş uçun eng kam iş staji 2034-yilda 15 yilgaça oşirilişi közda tutilgan.
Özbekistonda «Pensiya» ilovasi işga tuşiriladi
12:30 / 28.09.202612 2382 min
Yangi ilova orqali fuqarolar pensiyaga oid davlat xizmatlaridan onlayn foydalanişi, iş staji va daromadlarini tekşirişi, kelajakdagi pensiya miqdorini hisoblaşi va pensiya jamğarmalarini boşqarişi mumkin böladi.




