Qaşqadaryo viloyati Ekologiya boşqarmasining Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasidan 8,8 mlrd sömlik ekologik kompensatsiya undiriş böyiça daʼvosi sud tomonidan qanoatlantirilmadi. Bu haqda Biznes-ombudsman axborot xizmati xabar berdi.
Sud muhokamasida nazorat qiluvçi organ tekşiruv predmetidan taşqariga çiqqan, şuningdek, daʼvoning asosiy qismi böyiça hisob-kitoblar yetarli dalillar bilan tasdiqlanmagan, deb topilgan. Şuningdek, qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanişga yöl qöyilmasligi ham inobatga olingan.
Yakunda sud 8,8 mlrd sömlik daʼvoning asosiy qismini rad etgan. Hal qiluv qaroriga köra, faqat 676 ming 133 söm kompensatsiya tölovi undirilişi belgilangan.
Sud «Özbekneftgaz»ga qöllanilgan ekologik kompensatsiya miqdorini 13 ming baravarga kamaytirdi
18:02 / 28.09.20266 8791 min
Qaşqadaryo viloyat Ekologiya boşqarmasining Şörtan neft va gaz qazib çiqariş birlaşmasiga qarşi 8,8 mlrd sömlik daʼvosining asosiy qismi rad etildi. Sud nazorat organi tekşiruv predmetidan çetga çiqqani va hisob-kitoblar dalillar bilan tasdiqlanmaganini qayd etgan. Oqibatda undirilişi lozim bölgan summa 676 ming sömgaça kamaydi.








