2027-yil 1-yanvargaça pensiya taʼminotiga oid xizmatlar töliq interaktiv va proaktiv şaklga ötkaziladi. Bu haqda «Davlat pensiya taʼminotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, pensiya taʼminotiga oid ayrim xizmatlar fuqarolarning alohida murojaatisiz proaktiv şaklda körsatiladi. Xususan, 2026-yil 1-noyabrdan işlar hajmining qisqarişi yoki korxonaning tugatilişi sababli işsiz deb topilgan şaxslarga umumiy belgilangan yoşdan ikki yil avval yoşga doir pensiya tayinlanadi. Keyingi yil 1-yanvardan boşlab esa boquvçisini yöqotganlik pensiyasini tayinlaş ham proaktiv şaklda amalga oşiriladi.

Şuningdek, 2027-yildan «Mening pensiyam» onlayn xizmati orqali pensiya yoşiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qiliş imkoniyati yaratiladi. Fuqarolar ularga imtiyozli şartlarda pensiya tayinlaş, pensiyalarni qayta hisoblaş va pensiyani boşqa turiga özgartiriş uçun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali onlayn murojaat qilişlari mumkin böladi.

2027-yil 1-yanvardan boşlab Pensiya jamğarmasi tomonidan fuqarolardan qoğoz şaklidagi hujjatlar hamda maʼlumotlarni qabul qiliş amaliyoti bekor qilinadi.

2026-yil 1-dekabrdan boşlab fuqarolar «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida»gi qonunga muvofiq pensiyaning boşqa turiga ötkaziş uçun murojaat qilişi mumkin. Agar tayinlanadigan yangi pensiya miqdori fuqaro olayotgan pensiyadan kam bölsa, avvalgi pensiya turi özgarişsiz qoldiriladi.

Şuningdek, iş staji va iş haqi töğrisida arxiv yoki taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan qöşimça elektron maʼlumotlarga asosan pensiya miqdorini qayta hisoblaş uçun murojaat qiliş mumkin böladi.

2027-yil 1-yanvardan boşlab pensiya tölovini naqd pul şakliga ötkaziş va töxtatib turilgan pensiya tölovlarini tiklaş böyiça murojaat qiliş mumkin böladi. Fuqarolar sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari, ijro hujjatlari hamda boşqa qarorlar asosida pensiya miqdoridan çegirma qilingani töğrisida, hisoblangan pensiya va ixtiyoriy ravişda ijtimoiy soliq tölangani haqida maʼlumot olişi mumkin.
Yaşaş manzili özgargani munosabati bilan pensiyaga oid hujjatlar yiğmajildini hisobga qöyiş ham elektron şaklda amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, 2028-yildan pensiya yoşini har yili 3 oyga oşiriş taklif etilyapti. 2039-yilga borib u erkaklar uçun 63, ayollar uçun 58 yoşga yetkaziladi. Şuningdek, pensiya tayinlaş uçun eng kam iş staji 2034-yilda 15 yilgaça oşirilişi közda tutilgan.