Toşkent şahrida ötkazilgan «sirli mijoz» tadbirlari davomida ayrim dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargaça qimmat sotilgani aniqlangan. Bu haqda Raqobat qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi dorixonalarda mahsulotlar oşirib sotilgan:

«Şunqorlar» MJÇga qaraşli dorixonada:

  • «Polimik blisteri №10 (1×10)» dori vositasi sotiş uçun ruxsat etilgan narxi 12 837,18 söm, lekin 5,5 barobar qimmatga, yaʼni 70 ming sömdan taklif etilgan;

  • «Konvuleks kapli dlya priyema vnutr 300 mg/ml» aslida 66 481 söm, lekin 395 ming sömdan (6 barobar).

«Muno farm» MÇJga qaraşli (Qoraqamiş 2/5-mavzesi) dorixonada:

  • «Stimuloton tabletki pokritiye oboloçkoy 50 mg blisteri №30 (3×10)» aslida 50 666,17 söm, lekin 295 ming sömdan (6 barobar).

«City farm» MÇJga qaraşli dorixonada:

  • «Baktamed 3.5 ml ampuli» aslida 18 849,43 söm, lekin 63 ming sömdan (3,3 barobar);

  • «No-şpa 40 mg/2 ml ampuli №25» ruxsat etilgan narxdan qimmat.

«Hosil farm» MÇJga qaraşli dorixonada:

  • «Lantus solostar 100 yed/ml 3 ml №5 (1×5)» ruxsat etilgan 20 foiz ustama qöyilgandagi narxi 115 173,3 söm, lekin 80 foiz ustama qöyilib, 190 ming sömdan sotilgan;

  • «Slideron tabletki 16 blisteri №20 (2×10)» aslida 115 677,1 söm, lekin 349 ming sömdan (3 barobar).

«Amir farm trade» MÇJga qaraşli dorixonada:

  • «Baktamed 0,5% 3.5 ml ampuli» aslida 18 849,43 söm, lekin 20 foiz örniga 100 foiz ustama qöyilib, 32 ming sömga sotilgan.

«Feruza nur med» MÇJga qaraşli dorixonada:

  • «Polimik blisteri №10 (1×10)» aslida 12 837,18 söm, lekin 62 ming sömdan (5 barobar);