Reuters agentligiga köra, 5-oktabr kuni hukumat kuçlari Saudiya Arabistonining havodan kömagi bilan Bob al-Mandab böğozi atrofidagi sohil hududlarida hujumga ötgan. Hukumat manbalari qöşinlar Moxa şahri çekkasiga yetib borganini aytgan, keyinroq Yaman Mudofaa vazirligi şahar nazoratga olinganini eʼlon qilgan. Bu maʼlumotning mustaqil tasdiği keltirilmagan.

Husiyçilar Moxani sentabrda egallagan edi. Qizil dengizdan Bob al-Mandab böğoziga olib boruvçi yölda joylaşgan uşbu port atrofidagi nazorat dengiz qatnovi uçun muhim ahamiyatga ega.

Yaman Prezidentlik rahbarlik kengaşi raisi Raşad al-Alimiy 4-oktabr kuni «Ansorulloh» harakatiga qarşi yirik harbiy operatsiya boşlanganini maʼlum qilgan. Uning sözlariga köra, maqsad mamlakatning barça hududlarini xalqaro tan olingan hukumat nazoratiga qaytarişdan iborat.

Husiyçilar Yamanning katta qismini, jumladan, aholi ziç yaşaydigan hududlar va poytaxt Sanoni nazorat qilib kelmoqda. Sentabr oxirida hukumat umumiy safarbarlik eʼlon qilib, öz tomoniga ötadigan «Ansorulloh» aʼzolariga amnistiya vaʼda qilgan.

Ayni paytda husiyçilar ham jang maydonida muvaffaqiyatga erişganini bildirmoqda. Yemen Press Agency guruh vakiliga tayanib, Taiz viloyatidagi tumanlardan biri hamda Raşad al-Alimiyning hududdagi sobiq qarorgohi egallangani haqida xabar bergan.

Husiyçilarga qaraşli Al Masirah telekanali al-Alimiyning uyi egallangani aytilgan videolarni namoyiş etgan. Tasvirlarda qurollangan şaxslar bino ustiga guruh bayroğini örnatgani körinadi.

Husiyçilarning harbiy vakili Yahyo Saria Saudiya Arabistonida ham qator operatsiyalar ötkazilganini daʼvo qilgan. Uning aytişiça, Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti, Rabiğ şahridagi Aramco neftni qayta işlaş zavodi va bir qator harbiy obyektlarga hujum qilingan. Reuters bu daʼvolarni mustaqil tekşira olmaganini, Saudiya Arabistoni va Aramco esa izoh söroviga darhol javob bermaganini qayd etgan.

Vaziyat keskinlaşişi ortidan Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston Ar-Riyodda favqulodda uçraşuv ötkazgan. Qöşma bayonotga köra, tomonlar Makka mudofaa kelişuvi doirasida Saudiya Arabistoni hududiga harbiy kuçlar va vositalarni tezkor joylaştirişga kelişib olgan.

Avgustda imzolangan kelişuv uç davlatdan biriga qurolli hujumni barçasiga qilingan hujum deb baholaşni nazarda tutadi.

Yamandagi sönggi keskinlaşuv sentabr boşida husiyçilarning Saudiya Arabistoni janubidagi şaharlarga hujumlari bilan kuçaygan. Bunga javoban Saudiya aviatsiyasi husiyçilar nazoratidagi viloyatlarga zarbalar bergan.

Qizil dengiz sohili va Bob al-Mandab böğozi atrofidagi janglar xalqaro savdo yöllari xavfsizligiga tahdid solmoqda. Husiyçilar avvalroq mazkur böğoz Saudiya Arabistoni kemalari uçun yopiq ekanini ham eʼlon qilgan.