Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida qariyb 5,5 mlrd dollarga kamayib, 1-oktabr holatiga 66,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan hisobotda keltirib ötilgan. Ötgan oy davomida zaxiralarning valyuta qismi 702 mln dollarga, oltin qismining qiymati 4,8 mlrd dollarga kamaydi. Öz navbatida zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 14,1 mln troya unsiyadan 14,3 mln troya unsiyaga köpaygan. Bu tarixiy maksimum körsatkiç. Şu tariqa oltinning xalqaro zaxiralardagi uluşi 90 foizdan oşdi.
Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qoğozlar portfeli ham 1 mlrd 765 mln dollardan 1 mlrd 691 mln dollargaça qisqargan.
«Özbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2026-yil sentabr oyida 5,5 mlrd dollarga kamaydi. Xususan, oy davomida oltin narxining 4602 dollardan 4188,75 dollargaça tuşişining taʼsiri -5,9 mlrd. dollarni taşkil etdi», deyiladi MB izohida.
Özbekistonning xalqaro zaxiralari 5,5 mlrd dollarga kamaydi. Asosiy omil - oltin narxining arzonlaşişi
19:08 / 08.10.20267 2281 min
Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida 7,7 foizga yoki 5,5 mlrd dollarga qisqarib, 1-oktabr holatiga 66,6 mlrd dollarni taşkil etdi. Zaxiralarning valyuta qismi 702 mln dollarga, oltin qismining qiymati esa 4,8 mlrd dollarga kamaydi. Öz navbatida oltinning fizik hajmi 14,3 mln troya unsiyagaça oşdi. Bu tarixiy maksimum körsatkiç.








