DW xabariga köra, 13-oktabrga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga yana keng kölamli zarba bergan. Xarkiv meri Igor Terexov şaharda 3 kişi halok bölgani va yana 11 kişi jarohatlanganini maʼlum qilgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga köra, zarbalar Xarkivning Xolodnogorsk va Şevçenko tumanlaridagi turarjoy mavzelari hamda fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga töğri kelgan.
Raketalardan biri tört qavatli uyga urilib, uning bir podyezdini butunlay vayron qilgan. Vayronalar ostida odamlar bölişi mumkinligi sababli qutqaruv işlari davom etmoqda.
12-oktabr oqşomida Rossiya qöşinlari Kiyevga ham ballistik raketalar va dronlar bilan hujum qilgan.
Şahar meri Vitaliy Kliçkoning maʼlum qilişiça, Darnitsa tumanida dron 25 qavatli uyning 12–16-qavatlari oraliğiga urilgan. Hujum oqibatida 2 kişi halok bölgan, yana 11 kişi jarohatlangan.
Kiyev şahar prokuraturasiga köra, halok bölganlar - 59 yoşli ayol va hujumga uçragan köp qavatli uy yonidagi avtomobilda bölgan yana bir kişi.
Kiyevga ballistik raketalar bilan takroriy zarba ham berilgan. Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari Rossiya hududidan raketalar uçirilgani haqidagi maʼlumot öz vaqtida kelib tuşmagani sababli havo hujumi xavfini oldindan eʼlon qila olmaganini bildirgan.
Harbiylarning maʼlum qilişiça, ballistik nişonlar radarlar orqali bevosita Kiyevga hujum vaqtida aniqlangan. Hodisa sabablari örganilmoqda.












