Qarorga köra, röyxatga oliş 2026-yil 15-oktabrdan 30-noyabrga qadar ötkaziladi. Röyxatga oliş sanasi - 2026-yil 1-oktabr, soat 00:00.
Röyxatga olişda iqtisodiy birliklar: yuridik şaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xöjaliklari, özini özi band qilganlar va röyxatdan ötmasdan faoliyat yuritayotgan subyektlar qamrab olinadi.
Yuridik şaxslar hisobot.stat.uz orqali, özini özi band qilgan jismoniy şaxslar esa census.stat.uz orqali mustaqil röyxatdan ötadi.
Röyxatga oluvçi xodimlar iqtisodiy birliklarni ularning faoliyat körsatayotgan manzilida röyxatga oladi; sörov soat 9:00 dan 18:00 gaça ötkaziladi.
Bundan taşqari:
Biznes vakillariga doir maʼlumotlar sir saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi;
Savol va murojaatlar uçun 1851 qisqa raqamli koll-markaz taşkil etiladi.
Röyxatga oliş yakuniy natijalari Milliy statistika qömitasining rasmiy veb-saytida 2027-yil 1-sentabrga qadar eʼlon qilinadi.
Röyxatga oliş tugagandan söng ön kun davomida röyxatga olingan iqtisodiy birliklarning 5 foizigaça qismi tanlanma nazorat ostida tekşiriladi.







