Prezident Şavkat Mirziyoyev Yoqilği-energetika tarmoğidagi investorlar kengaşining birinçi yiğilişi doirasida Özbekiston – Saudiya işbilarmonlar kengaşi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boşqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş va ustuvor qöşma loyihalarni jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi. Sönggi yillarda Saudiya Arabistoni kompaniyalarining mamlakatimiz bozoriga qiziqişi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida “yaşil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, yuqori texnologiyalar, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Tomonlar erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va sifatli bajariş orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada yuqori bosqiçga kötarişga tayyor ekanini qayd etdilar. Uçraşuv yakunida saudiyalik investorlar Özbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti uçun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev “Cengiz Holding” boşqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi.
Davlat rahbari ikki mamlakat örtasidagi savdo hajmi oşib, yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. “Cengiz Holding” bilan muloqot davomida energetika, geologiya va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, issiqlik elektr stansiyalarini barpo etiş hamda elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qilişga qaratilgan istiqbolli loyihalar körib çiqildi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Yoqilği-energetika tarmoğidagi investorlar kengaşining yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Ozarboyjonning “SOCAR” kompaniyasi rahbari Rovşan Najaf va “British Petroleum” kompaniyasining katta vitse-prezidenti Jovanni Kristofolini qabul qildi.












