Raqamli texnologiyalar vazirligi xabariga koʻra, tadbirning muhim yangiliklaridan biri - Google Cloud’ning Davlat siyosati va davlat tashkilotlari bilan aloqalar yoʻnalishi boʻyicha rahbari Marsin Krasuski tomonidan Google Pay xizmatining Oʻzbekistonda ishga tushirilgani eʼlon qilindi.
Sessiya Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH davlat idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes dastur doirasida oʻtkazilmoqda.
Google Pay (yoki qisqacha G Pay) - bu Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, smartfon, planshet yoki smart-soatlar orqali xaridlarni amalga oshirishga moʻljallangan raqamli hamyon va elektron toʻlov tizimi.
Ushbu tizim foydalanuvchilarga oʻz bank kartalarini telefonga bogʻlab, plastik kartasiz toʻlov qilish imkonini beradi.
















