Reflect Orbital «quyoş nuri - xizmat sifatida» konsepsiyasini işlab çiqmoqda. Ğoyaga köra, orbitaga katta oynalar bilan jihozlangan sunʼiy yöldoşlar çiqariladi. Ular quyoş nurini Yerning muayyan hududlariga yönaltirib, qoronği tuşganidan keyin ham buyurtma asosida yoruğlik yetkazib berişi kerak.
Biroq bu taşabbus ilmiy jamoatçilikda jiddiy bahslarga sabab böldi. Astronomlarni, ayniqsa, kelajakda orbitada tungi osmonni yorita oladigan ön minglab sunʼiy yöldoş paydo bölişi ehtimoli taşvişga solmoqda.
AQŞ Federal aloqa komissiyasi - FCC 2026-yil 9-iyulda kompaniyaga Earendil-1 tajriba sunʼiy yöldoşini orbitaga joylaştiriş va undan foydalanişga ruxsat bergan. Qaror astronomiya hamjamiyatining eʼtirozlariga qaramay qabul qilingan.
Oktabr oyida kompaniya öz ğoyasining imkoniyatlarini namoyiş qiliş uçun Kaliforniya çölida tajriba ötkazdi. Kuçli projektorlar yordamida toğ yonbağri va atrofdagi hudud yoritildi. Şu tariqa kelajakda kosmik oynalardan qaytarilgan nur Yer yuzasida qanday yoritiş hosil qilişi mumkinligi körsatildi.
Biroq mahalliy astronomlar tajriba haqida oldindan ogohlantirilmagan. Bu holat loyihaga nisbatan norozilikni yanada kuçaytirgan.
Kompaniya eʼlon qilgan reklama suratida Kaliforniyaning Loun-Payn şahri yaqinidagi manzara aks etgan. Uzoqda körinayotgan kuçli yoruğlik manbai past böyli butalardan uzun soyalar tuşirgan. Hududdagi yoritiş tölin Oy beradigan yoruğlikdan ham kuçliroq bölgan.
Tajriba, aftidan, ayrim mahalliy mansabdorlar va okrug maʼmuriyati uçun ham kutilmagan hodisa bölgan. Kompaniya sinovni ötkaziş uçun ruxsat olganmi, uni qaysi tartibda rasmiylaştirgan - bu savollarga hozirça aniq javob yöq.
Reflect Orbital vakillari loyihaning amaliy foydasi katta bölişini taʼkidlamoqda. Kompaniyaga köra, kosmosdan qaytariladigan quyoş nuri quyoş energetikasi imkoniyatlarini kengaytirişi, tungi qidiruv-qutqaruv işlarini yengillaştirişi va tabiiy ofatlarga tezkor javob berişda yordam berişi mumkin.
Ğoyaning energetikaga oid qismi quyoş botganidan keyin ham tegişli hududlarga nur yetkazişga asoslangan. Qidiruv-qutqaruv işlarida esa qoronği joylarni yoritiş orqali odamlarni topiş va ularga yordam körsatişni osonlaştiriş taklif etilmoqda.












