«Dunyo» axborot agentligining Belarus OAVga tayanib xabar berişiça, tajriba Vitebsk tumanidagi «Olgovskoye» işlab çiqariş kooperativi dalalarida ötkazilmoqda. Bu xöjalikda Özbekistondan olib kelingan mazkur nav ilk bor ekilmoqda.

Sarimsoqpiyoz uçun unumdor va yumşoq tuproqli yer tanlangan. Ekiş jarayonini özbek agronomlari mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda nazorat qilmoqda.

Işlarda Andijon viloyatida faoliyat yurituvçi «Texmaş» qöşma korxonasining maxsus ekiş texnikalaridan foydalanilmoqda.

Mutaxassislar Belarus iqlimida qaysi ekiş usuli yuqori hosil berişini aniqlamoqçi. Şu maqsadda 75 santimetrli ikki qatorli va 40 santimetrli uç qatorli ekiş sxemalari sinovdan ötkazilmoqda.

«Olgovskoye» kooperativi boş agronomi Olga Yakovlevaning aytişiça, ekilgan sarimsoqpiyozning rivojlanişi doimiy kuzatib boriladi. Birinçi hosilni kelasi yil iyulida oliş möljallangan.

Şu mavsumda L. Dovator nomidagi Ulla davlat kolleji dalalarida ham Özbekiston sarimsoqpiyozini ekiş közda tutilgan.

Agentlik Vitebsk viloyati bilan Özbekiston hududlari, xususan, Andijon örtasida qişloq xöjaligi hamkorligi faollaşayotganini qayd etgan. Avvalroq Vitebsk viloyatida özbek fermerlariga kartoşka yetiştiriş uçun 2 ming gektar yer ajratilgani va çorvaçilik böyiça qöşma loyihalar boşlangani xabar qilingan edi.