Oksford universitetining energetika siyosati va iqlim böyiça professori Yan Rozenov BBC’ga quyoş energetikasi energetik ötişning harakatlantiruvçi kuçiga aylanganini aytgan.
Naşr maʼlumotiga köra, sönggi 26 yilda dunyo atom elektr stansiyalarida işlab çiqariladigan elektr energiyasi hajmi umumiy hisobda deyarli özgarmagan. Quyoşdan elektr oliş esa şu davrda taxminan 2700 baravar köpaygan.
Bu ösişda Xitoyning örni katta. Mamlakatdagi ulkan işlab çiqariş quvvatlari fotoelektrik tizimlar narxining keskin pasayişiga olib kelgan.
AQŞda esa atom energetikasini rivojlantirişga umid boğlagan köplab startaplar paydo bölgan. Biroq ular taklif qilayotgan yangi yadroviy texnologiyalarni tijoriy foydalanişga olib çiqiş jarayoni sekin keçmoqda.
Şu bilan birga, sönggi ön yilliklarda AQŞda atom elektr stansiyalarini quriş qiymati sezilarli oşgan. Quyoş energetikasida esa uskunalar arzonlaşişi uning kengroq tarqalişiga şaroit yaratmoqda.
Xabarda AQŞning Eronga qarşi uruşi fonida neft taʼminotidagi uzilişlar muqobil energiya manbalariga qiziqişni kuçaytirgani ham qayd etilgan. Köplab mamlakatlar uçun arzonlaşayotgan quyoş energiyasi energiya taʼminotini diversifikatsiya qilişning muhim vositasiga aylanmoqda.

















