Amerikaning yirik çip işlab çiqaruvçisi Nvidia kompaniyasi 8-noyabr, yakşanba kuni öz rahbari Jensen Xuang Xitoy maxsus xizmatlariga işlaşi mumkin bölgan ayol bilan işqiy munosabatda bölgani haqidagi xabarlar ortidan mustaqil tekşiruv boşlanganini maʼlum qildi.

Nvidia direktorlar kengaşining bildirişiça, hozirça maxfiy maʼlumotlar sizib çiqqanidan şubhalaniş yoki AQŞ milliy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgani haqida gapiriş uçun yetarli asoslar yöq.

Bayonotda Xuang kompaniyaga rahbarlik qilişni davom ettirişni rejalaştirayotgani ham qayd etilgan. Şunga qaramay, direktorlar kengaşi mavjud barça maʼlumotlarni mustaqil ravişda tekşirişga topşiriq berdi.

Jensen Xuang Nvidia xodimlariga yöllagan içki xizmat xatida işqiy munosabatda bölganini tan oldi va turmuş örtoğiga xiyonat qilganidan «çuqur afsusda» ekanini bildirdi.

«Mening xatti-harakatlarim rafiqam va farzandlarimga oğriq yetkazdi. Qilgan işimni heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Oilamiz bu voqeani yengib ötişiga va vaqt ötişi bilan ularning işonçini qayta qozonişimga umid qilaman», - deb yozdi u.

Xuang, şuningdek, Nvidia manfaatlarini himoya qiliş va AQŞ milliy xavfsizligini taʼminlaşga hissa qöşiş niyatida ekanini taʼkidladi.

The New York Times: AQŞ maxsus xizmatlari Nvidia rahbarining maʼşuqasini kuzatgan

Avvalroq The New York Times gazetasi Xuangning AQŞ maxsus xizmatlari Xitoy razvedkasining ehtimoliy axborot yetkazuvçisi deb hisoblayotgan ayol bilan işqiy munosabati haqida xabar bergan edi.

Jurnalistlar maʼlumotiga köra, Nvidia rahbari özi bilan bir xil familiyaga ega bölgan Elis Xuang bilan işqiy munosabat örnatgan. U Singapurda joylaşgan Megaspeed kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Mazkur kompaniya maʼlumotlarni qayta işlaş markazlarini boşqaradi va Nvidia çiplarini xarid qiladi.

The New York Times manbalarining aytişiça, AQŞ maxsus xizmatlari Elis Xuangni Xitoy Davlat xavfsizligi vazirligi tomonidan yollangan deb hisoblagani uçun uni kuzatib borgan.

Taxminan bir yil avval AQŞ prezidenti Donald Trampga ham ayol ustidan kuzatuv olib borilayotgani haqida maʼlum qilingan.