Xebey universiteti va Xitoy Fanlar akademiyasi tadqiqotçilari erta yura davriga oid noyob topilmani tavsifladi. U dinozavrlarning yumşoq, biroq qisman minerallaşgan tuxum qobiğiga ega bölganini körsatuvçi eng qadimgi dalillardan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida eʼlon qilingan.

Yumşoq tuxum qobiqlari dinozavrlar evolyutsiyasida muhim örin tutgan bölişi mumkin. Biroq bunday qobiqlarning dastlabki tuzilişi toşqotgan qoldiqlarda kamdan-kam saqlanadi. Şu sababli qadimgi dinozavrlar tuxumining qobiği aslida qanday bölganini aniqlaş paleontologlar uçun oson emas.

Yangi topilmaning ahamiyati şundaki, unda qobiqning faqat mineral qismi emas, balki organik asosi ham saqlangan. Bu olimlarga uning alohida qatlamlarini va ularning bir-biriga nisbatan qanday joylaşganini örganiş imkonini berdi.

Topilmaga Mutabilisoolithus dawaensis nomi berildi. Tadqiqotçilar tuxumlar zavropodomorflarning dastlabki vakillariga tegişli bölgan, deb taxmin qilmoqda. Keyinçalik diplodok va braxiozavr kabi uzun böyinli ulkan dinozavrlar ham şu guruhga mansub bölgan.

Qoldiqlar Yunnan provinsiyasidagi Lufen geologik formatsiyasidan topilgan. Ular aniqlangan qatlam avval lufengozavr tuxumi qobiqlari topilgan qatlamdan pastroqda joylaşgan.

© Zhiyong Di et al., 2026, Nature Communications

Namunaning aniq yoşi hozirça belgilanmagan. Olimlar uni erta yura davrining sinemyur bosqiçiga, yaʼni taxminan 190–199 million yil avvalgi davrga mansub deb hisoblamoqda.

Bir toş bölagida ikkita dinozavr embrionining qoldiqlari hamda ularning skeletlari orasida tuxum qobiğining ikki bölagi saqlanib qolgan. Birinçi embriondan asosan boş suyagi va pastki jağ suyaklari, ikkinçisidan esa tana hamda oyoq suyaklarining ayrim qismlari qolgan.

Embrionlarning tişlari şu hududda yaşagan yunnanozavr tişlariga öxşagan. Biroq bu öxşaşlik ularni aynan şu dinozavrga mansub deb hisoblaş uçun hozirça yetarli emas. Tadqiqotçilar buni taxmin sifatida keltirgan.

Topilmaning asosiy xususiyati - qobiqda yumşoq tuziliş bilan qisman minerallaşuv birga uçraşidir. U yupqa ohakli qatlam va undan qalinroq organik membrana, yaʼni pardadan iborat bölgan. Hozirgi quşlarning odatdagi qattiq tuxum qobiğida esa, aksinça, qalinlikning asosiy qismini mineral qatlam taşkil etadi.