27 Noyabr

16:10

Samarqandda bir o‘qituvchi urib o‘ldirildi. Bosh prokuratura ushbu ish yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Samarqandda o‘qituvchi kaltaklanishi oqibatida vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi. Batafsil

15:40

Sirdaryoda metan gaz berilmayotganidan norozi haydovchilar yo‘lni to‘sib qo‘yishdi

Bugun, 27 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Baxt shahri hududida gaz tarqatish shoxobchasi ishlamay, uzun navbatlar hosil bo‘lgach norozi haydovchilar «zapravka» yonida M-34 yo‘lining Toshkent-Guliston yo‘nalishini yopib qo‘yishdi. Batafsil

15:30

Toshkent metrosida elektr ta'minotidagi muammo tufayli eskalatorlar harakati to‘xtab qoldi

Bugun, 27 noyabr kuni, Toshkent metrosining «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi bekatlarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi nimstansiyalarda kuchlanishning qisqa muddatli pasayishi qayd etildi. Batafsil

15:10

Namangan shahridagi «Tez tibbiy yordam» bo‘limiga tez yordam kerak

 Kun.uz saytiga yuborilgan murojaatdagi suratlarni ko‘rib biz ham avvaliga ishonmagan edik. Batafsil

14:29

«Paxtakor» stadioni bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Tribuna.uz cayti Toshkentdagi «Paxtakor» stadioni buzilishi va uning o‘rniga yangi stadion qurilishi haqida xabar bergan edi. Batafsil

13:19

Sardor Rashidov: «Kuper iste'foga chiqarilgach, Qatardagi hamma misrliklar meni tabriklashgandi»

Sardor Rashidov Vadim Abramov murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasidan taklif olmagan bo‘lsa-da, klubi «Qatar SK» safida o‘z gollari bilan muxlislarni quvontirmoqda. Batafsil

02:35

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Ravshan Ermatov rasman hakam sifatidagi xalqaro faoliyatiga yakun yasadi Batafsil

26 Noyabr

21:07

Avtobuslarning tungi vaqtda ham harakatlanishi nazoratga olinadi

Transport vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, 2020 yil 1 yanvardan Toshkentdagi jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilgach, poytaxt avtobuslarining harakatlanish jadvaliga amal qilib, tungi vaqtlardayam ishlashi nazoratga olinadi. Batafsil

20:00

Qanday holatlarda xorijiy oliy ta'lim muassasasi diplomi O‘zbekistonda tan olinmaydi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qanday holatlarda xorijiy oliy ta'lim muassasasining diplomi O‘zbekistonda tan olinmasligi to‘g‘risida ma'lumot berdi. Batafsil

18:00

O‘zbekistonda aviachiptalar nega qo‘shni mamlakatlardagidan qimmatligiga izoh berildi

Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektashev O‘zbekistonda aviachiptalar narxining 30-40 foizi aviakerosinga bog‘liqligi, aviayoqilg‘i asosan xorijdan keltirilishi va buning natijasida samolyot chiptasi narxi qo‘shni mamlakatlaridagidan qimmatroqligini aytib o‘tdi. Batafsil

17:10

«Taksichilik osonmi?» - Andijon-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi haydovchilar muammosi

Andijon viloyatidan Toshkent shahriga bormoqchi bo‘lsangiz ikki transportdan birini tanlaysiz: poyezd yoki taksi. Qaytishda ham shunday tanlov. Poyezd poytaxtga kuniga ikki marta qatnaydi. Bu transportlarda qatnash narxi deyarli bir xil. Qiyin yo‘nalish. Qamchiq dovonidan o‘tish kerak. Batafsil

16:10

Avtomatlashtirilgan tizimda avtobus va metroda yo‘lkira qimmatlashadimi?

Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashirmatov jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi ortidan yo‘lkira narxi qimmatlashi haqidagi gap-so‘zlar noto‘g‘riligini ma'lum qildi. Batafsil

15:50

Koreyadagi vatandoshlar bilishi kerak bo‘lgan 10ta tavsiya (2-qism)

Bonus tavsiya: Qizlar bilan munosabatda ehtiyot bo‘ling, «shingu» qilib yuborishlari mumkin! Batafsil

14:52

Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin

Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektashev Qozog‘istondagi fojiadan so‘ng «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasiga, hozirgi «Uzbekistan Airways» aksionerlik jamiyatiga o‘sha paytda shunday topshiriq berilganini aytib o‘tdi. Batafsil

13:10

Markaziy bank raisi: «Qayta moliyalash stavkasi pasayadi»

O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi pasayadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov ma'lum qildi Batafsil

12:20

Prezident samolyoti hamon Nazarboyevda: Qozog‘istonning haqiqiy rahbari kim?

Prezident samolyoti yoki Qozog‘istondagi birinchi raqamli bort hali ham Nursulton Nazarboyevning tasarrufida. Batafsil

10:38

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan qanday yangiliklar joriy qilinmoqda?

Qonunchilik palatasida Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi yuzasidan qizg‘in muhokamalar ketmoqda. Unda belgilangan har bir norma muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirilmoqda. Batafsil

08:26

O‘zbekiston yana bir mahsulot importini keskin qisqartirishga qaror qildi

Yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Batafsil

07:41

Obodonlashtirish xodimlarining oyligi oshadi

O‘zbekistonda obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirish kuchaytiriladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Batafsil

25 Noyabr

22:00

O‘zbekistonda loukosterlar bo‘lmaydi. O‘rniga gibrid aviatashuvlar joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda ayni paytda mavjud samolyotlar parki bilan loukoster biznes modelini amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu bois «Uzbekistan Airways» AJ gibrid aviatashuvlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektashev ma’lum qildi. Batafsil

19:30

1 yanvardan avtobus va metroda yo‘lkirani transport kartalari, mobil ilova hamda QR chiptalar bilan to‘lash mumkin

2020 yil 1 yanvardan Toshkentdagi jamoat transportiga yo‘l haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Batafsil

17:40

Xitoyning uyg‘urlar bo‘yicha siyosatiga oid hujjatlar OAVga sizdirildi

Xitoyning Shinjondagi siyosati yana jahon hamjamiyati diqqat markazida. Batafsil

14:20

Sovuqda uyni nima bilan isitish kerak? Kun sovishi hamono qalqib chiquvchi savollar

Qish fasli keldi. Uyini ko‘mir va o‘tin bilan isitishga majbur xonadonlarning barchasi qo‘lbola pechlardan foydalanadi. Batafsil

14:10

«Paxtakor» o‘yingohi yopildi. Stadion buzilib, yangisi quriladi

Toshkentning «Paxtakor» klubi uy uchrashuvlari o‘tkazib kelinadigan «Paxtakor» markaziy stadioni buzilib, o‘rniga yangi stadion quriladi. Batafsil

13:28

Qishloq joylarda quyoshdan tok oluvchi «termos» uylar qurilmoqda: bunday uylarning afzalligi nimada?

Qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholini yaxshilangan, atrof-muhitga zarari kam va arzon uy-joylar bilan ta'minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Batafsil

11:55

«Gaz so‘rg‘ich» moslamasidan foydalanish mumkinmi?

So‘nggi paytlarda aholi o‘rtasida tabiiy gaz quvurlariga o‘zboshimchalik bilan turli «gaz so‘rg‘ich» moslamalarini o‘rnatgan holda foydalanish va «undan foydalanish qonuniymi?» mazmunidagi savollar ko‘p uchramoqda. Batafsil

11:09

O‘zbekistonda yana 6 kishi is gazidan zaharlandi

O‘zbekistonda yana 6 kishi is gazidan zaharlandi. Batafsil
Top