Özbekistonda qayta moliyalaş stavkasi pasayadi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Sönggi yillarda Özbekistonda qayta moliyalaş stavkasi pasaymadi. U doim kötarilgan. Öylaymanki, 6 oydan söng qayta moliyalaş stavkasi pasayadi. Bu, öz navbatida, kredit va depozitar siyosatga ijobiy ta'sir qiladi», - dedi u 2020-2022 yillarga möljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yönalişlariga bağişlangan matbuot anjumanida.

Eslatib ötamiz, şu yil 19 oktyabrida Markaziy bank boşqaruvi qayta moliyalaş stavkasini yillik 16 foiz miqdorida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qildi. Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasi milliy valutadagi depozitlar hamda kreditlar böyiça real foiz stavkalari ijobiyligi ta'minlanganda, iqtisodiyot uçun maqbul ekanligini ta'kidladi.

«Qayta moliyalaş stavkasini hozirgi darajada saqlab turib, Markaziy bank bir vaqtning özida makroprudensial nazorat çoralarini köradi. Uning mohiyati moliya bozoridagi nomutanosibliklarni bartaraf etiş va butun iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligini ta'minlaş uçun banklar tomonidan kredit berişga nisbatan çeklangan yondaşuvdir», - deyiladi MB ma'lumotida.