Tribuna.uz cayti Toşkentdagi «Paxtakor» stadioni buzilişi va uning örniga yangi stadion qurilişi haqida xabar bergan edi.
«Paxtakor» klubi stadioni böyiça rasmiy ma'lumot berdi. Unda aytilişiça, «Paxtakor» öyingohi örnida yangi stadion qurilişi klub rejalaridan joy olgan.
«Ayni paytda stadionning yangi körinişi qanday bölişi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab oliş jarayoni ketmoqda. Saytimizda e'lon qilingan tenderdan söng 20ga yaqin kompaniyalar öz takliflarini bildirişgan. Stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilişi sababli oxirgi qarorga kelişdan avval barçasini puxta öylab köriş talab etiladi. Ma'qul deb topilgan loyiha tanlangaç, stadion poyxatimiz markazida joylaşişi va uning körkiga aylanişi maqsadida hukumatning tegişli idoralari bilan birgalikda quriliş işlari qaçon boşlanişi borasida töxtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buziş işlari qaçon boşlanişi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bölişi bilan bu haqida ma'lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi» - deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Eslatib ötamiz, «Paxtakor» stadioni 26 noyabr kungi Superliga U-21 turniri doirasidagi «Paxtakor» hamda «Bunyodkor» yoşlar jamoalari örtasidagi uçraşuv bilan rasman yopildi. Uşbu bahs 63 yillik stadion tarixidagi sönggi öyin bölib qoldi.











