«Taksiçilik osonmi?» - Andijon-Toşkent yönalişida qatnovçi haydovçilar muammosi
|22:10 / 26.11.2019120 5799 min
Andijon viloyatidan Toşkent şahriga bormoqçi bölsangiz ikki transportdan birini tanlaysiz: poyezd yoki taksi. Qaytişda ham şunday tanlov. Poyezd poytaxtga kuniga ikki marta qatnaydi. Bu transportlarda qatnaş narxi deyarli bir xil. Qiyin yönaliş. Qamçiq dovonidan ötiş kerak.
Yölovçilar köproq taksida yurişni ma'qul körişadi. Buning asosiy sababi taksiçi sizni uyingizdan ham olib ketişi mumkin. Yana vokzalgaça emas, siz istagan manzilga - Yunusobodmi, Çilonzormi va hatto Qoraqamiş dahasiga ham olib borib qöyadi.
Andijon şahrida Toşkent tomon boruvçi taksilar turadigan va xalq orasida «Toşkent pitak» nomi bilan maşhur bölgan ikki manzil bor. Ularning biri Yangi şahardagi «Avtovokzal»da, ikkinçisi, «Uzumzor» köçasida joylaşgan.
Toşkentdan qaytişda esa Qöyliqdagi avtoturargoh. Norasmiy ma'lumotlarga köra, «Andijon-Toşkent» yönalişi böyiça qatnaydigan taksilar soni 500dan ziyodroq. Ular kuniga örtaça ming nafarga yaqin yölovçi taşiydi.
Kun.uz’ga mazkur yönalişda qatnovçi haydovçilardan murojaat tuşdi. Ma'lum bölişiça, andijonlik taksiçilar Toşkent viloyati hududiga kirgaç, ularni öşa hudud Transport boşqarmasi xodimlari va YHX xodimlari töxtatib, litsenziya sörab, jarima solib, maşinalarini jarima maydoniga olib kirib qöyayotgan ekan.
Avtoturargohga borib haydovçilar bilan suhbatlaşdik.
«Uzoq yillardan beri poytaxtga qatnayman. Muammo şundaki, şu kunlarda dovondan ötib, Toşkent viloyatiga kirişimiz bilan YHX xodimlari va öşa hudud «Daryotrans» xodimlari yölni tösib, litsenziya söraşyapti. Bizda litsenziya yöq. Sababi, Andijon Transport boşqarmasiga kirsak, xodimlari «Andijon-Toşkent» yönalişi yöqligini, bizga litsenziya bera olmasliklarini aytişyapti. Jarimaga tortişyapti. Asosan öşa yerning özida bir million söm atrofida pul tölab qutulyapmiz.
Mavzuga oid
Ba'zi ukalarimizning işini esa sudgaça oşirişdi. Nahotki, mana şu yönaliş böyiça qonuniy, bizning imkoniyatlarimizdan kelib çiqib iş taşkil qilib bölmasa? Bizga ruxsat beradigan korxona oçişsa, litsenziya olib, mana şu joyda kunlik tölovni qilib, qölimizda hujjatimiz bilan yölga çiqsak bölardi. Yönalişda taksi köp. Bir kişi bir oyda nari borsa ön marta qatnaydi. 2012 yili toşkentlik tadbirkorlar mana şu yönaliş böyiça javobgarlikni zimmasiga olib, 200 dollardan pul yiğişgan. Qölimizga qoğoz ham berişgan. Keyin nima xato qilişdi bilmadik, «qamalib ketişdi», deyişdi. Yana muammolar tuğildi», deydi taksiçi Sirojiddin Mansurov.
Işi sudga oşirilgan haydovçilardan biri bilan gaplaşdik.
«Ötgan haftada Qöyliq atrofida «GAI» tösdi. Hujjatlarimni söradi. Tekşirib, öşa joyda birga turgan «Daryotrans» xodimiga hujjatlarimni berdi. «Yölovçi taşiyapman. 70 ming sömdan Andijondan tört odam oldim, litsenziyam yöq. Berişmayapti», dedim. Işimni sudga işirişdi. Avtomaşinam beş kun Bektemir tumanidagi jarima maydonida turdi. Beş kun yurdim. Sudda şaroitimni aytdim. Ikki «oklad» jarima tölab qutuldim. «Daryotrans» xodimi «Aka, jarimani tölab ketavermaysizmi? Özingizga muammo orttirdingiz», deydi. Nima, ularning işi faqat jarima tölatişmi?», deydi haydovçi Ğolibjon Ergaşev.
Şohjahon Isroilov ham yölda tösilib jabr tortganlardan ekan.
«Meni «Rohat» postida tösişdi. Maşinada yölovçilar bor edi. «Daryotrans» xodimlariga Andijondagi taşkilot vakillariga uçraganim, lekin litsenziya berişmayotganini aytdim. «Bu e'tirozni sudda aytasan», deyişdi. Tirikçiligimiz «kira» qiliş, boşqa iş yöq. Toşkentda sarson bölganim qoldi. Bir oy oldin ham uşlaşganida bir yarim million söm jarima tölagandim», deydi u.
30 nafarga yaqin taksiçi öz dardlarini bildirib ötişdi. Ulardan yoşi uluğroği «Hozirgi me'yoriy hujjatlarga asosan «patent-litsenziya» qilsak yölkira narxi ham kötarilib ketadi», degan fikrni aytdi.
11 yildan beri Andijondan poytaxt tomon qatnaydigan Hamidullo aka Sadirov boşqaçaroq izoh berdi.
«Taksiçilarga Toşkentga har kuni yölovçi bölavermaydi. Haftada zörğa bir-ikki marta çiqadiganlar bor. Hozir maşinani sariqqa böyab hujjatlarni töğrilasak, 4 million sömga yaqin pul ketar ekan. Har kuni yölovçi naqd bölmasa. Şaroitimizni örganişsin, me'yoridagi litsenziya miqdorini aytişsin. Yoki MÇJ tuzib, umumiy litsenziya olib, kunlik yoki reysimizga qarab ma'lum summani tölaydigan şaroitni qiliş kerak», deydi u.
Viloyat transport boşqarmasida
Transport vazirligi Andijon viloyat hududiy boşqarmasiga borib, muammoli vaziyat yuzasidan savollar berdik. Boşqarma boşliği örinbosari Adhamjon Tolakov masalaga izoh berdi.
«Bugungi kunda Toşkent şahriga qatnayotgan yölovçilarimiz xususiy avtomobil egalari bilan buyurtma asosida kelişib manziliga ketişyapti. Bu «Yönalişsiz taksi» körinişi.
Ayni paytda Toşkentdan Andijonga, Andijondan Toşkentga tasdiqlangan yönaliş yöq. Yönalişsiz taksilar faoliyatini tartibga soliş Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi 139-sonli qaroriga asosan amalga oşiriladi. Uşbu qarorning birinçi ilovasida yönalişsiz taksilarga belgilangan talablar bor. Bular transport vositasi böyalişi kerak bölgan ranglar, ekipirovkalar, haydovçi va avtomaşinaga qöyiladigan talablar bölib, mana şu talablarga rioya qilgan holda bizga ariza bilan murojaat qilgan har bir haydovçiga va korxonaga öz vaqtida litsenziyalarni beryapmiz. Lekin, mana şu qaror talabiga köra jihozlanmagan avtotransport egalariga litsenziya berilmaydi. Ayni paytda Andijon viloyatida 5 mingdan ziyod avtotransport egalari me'yor böyiça hujjatlar tayyorlab, maşinani sariqqa böyab taksi xizmatida faoliyat yurityapti.
Toşkent-Andijon yönalişi böyiça 2016 yili bir korxona vaqtinçalik tender bitimi tuzib kelgan edi. Yönalişda avtotransport vositasining qatnovni boşlaş joyi, tugatiş joyi, yölkirasi miqdori, transport vositalari rusumi, davlat raqami körsatilgan böladi. Biroq taşuvçi tender bitimidan çiqib ketdi. Yönalişdan çiqib ketişlar, narx belgilanganidan köp qöyilişi aholi e'tirozlariga sabab böldi va tender bitimi tugatildi.
Haydovçilarga şuni aytmoqçiman. Agar 139-qarorga asosan qayta jihozlanmasdan, litsenziyasiz faoliyat körsatayotgan haydovçilarni inspektorlarimiz nafaqat Toşkent viloyati hududida, balki, vodiy viloyatlarida aniqlasa ham «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeksning 176-moddasi, 3-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi. Haydovçilar bizning taşkilotga uçrab transport vositalarini 139-sonli qaror asosida qayta jihozlab, tegişli hujjatlarni töğrilab ariza bilan murojaat qilişsa litsenziya olişadi va respublikamizning barça hududlarida faoliyat yuritiş imkoniyatiga ega bölişadi», deydi Adhamjon Tolakov.
Mutasaddi ayni paytda aholiga transport xizmat körsatuvçilar uçun bir qator ijobiy yangiliklar loyihasi tayyorlanayotganini bildirdi.
Hozir «Andijon-Toşkent» yönalişida bizga murojaat qilgan taksiçilar öşa 139-sonli qaror talabi böyiça avtomobilini qayta jihozlab, hujjat töğrilasa «qançaga tuşişi»ni tahlil qilib kördik. Ma'lumotlar Andijon transport boşqarmasidan olingan.
Notarius orqali transport korxonasi bilan şartnoma tuziş – 400 ming söm;
Avtomobilni sariq rangga böyaş – 800 mingdan 1 million sömgaça;
YHXdan sariq rangga böyalgani uçun «texpasport» almaştiriş va «TT» seriyali raqam oliş 750 ming söm;
Lisenziya tölovi viloyat içida bazaviy hisoblaş miqdorining 2 barobari, Respublika böylab esa 5,5 barobari miqdorida tölov (bir yilda bir marta);
Har oyda korxonaga 600 ming sömdan tölov;
Ijara şartnomasi uçun har oyda 50-60 ming tölov.
Bularning içiga avtomaşina sariq rangga böyalişi natijasida uning bozor qiymati jiddiy arzonlab ketişini (avtomaşinalarning ikkilamçi bozorida böyalgan transport vositalari narxi tuşib ketadi) qöşmadik.
Körib turganingizdek, taksi haydovçisi böliş uçun juda murakkab qoğozbozliklar va taşkiliy jarayonlardan ötiş, katta tölovlar qiliş lozim bölar ekan.
«Andijon-Toşkent» yönalişidagi haydovçilar har kuni mijoz topib, pul işlayvermasliklarini ta'kidlab ötişdi.
Nafaqat, «Andijon-Toşkent» yönalişi, balki, umuman aholiga transport xizmati körsatiş böyiça yangi qaror loyihasini e'lon qiliş, bu boradagi jamoatçilik fikrini örganib, yengilliklar kiritiş vaqti yetib kelmadimikan?
Axir Vazirlar Mahkamasining 139-sonli qarori bilan belgilangan murakkab jarayonlar sabab qançadan-qança litsenziyasiz haydovçilar faoliyat yuritib, davlat ğaznasiga mablağ tuşmayapti. Davlat ğaznasi ham köpini öylab, ozidan mosuvo bölmoqda.
Jurnalist Elmurod Ermatov
Tasvirçi Ahrorbek Yoqubjonov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi