Prezident samolyoti yoki Qozoğistondagi birinçi raqamli bort hali ham Nursulton Nazarboyevning tasarrufida. Bu haqda REX AA xabar bermoqda.

Qozoğistonning haqiqiy prezidenti kim?

«Vorisiga amalini topşirganidan keyin, janob Nazarboyev Töqayevga prezidentlik borti - 250 million dollarga baholangan Airbus A330-243 Prestige laynerini ham berişi kerak edi. Ammo bu yuz bermadi. Natijada, Qozoğistonda noyob holat yuzaga keldi, mamlakatda bir vaqtning özida ikkita prezident samolyoti işlatilyapti. Ulardan birida sobiq davlat rahbari, ikkinçisida esa yangi prezident parvoz qilmoqda», - deb yozadi OAV.

ACS aviatsiya charter xizmati jurnalistlari uşbu masala böyiça kiçik tekşiruv ötkazdi. Ularning aniqlaşiça, yuqorida aytib ötilgan, UP-A3001 bort raqamiga ega hamda Nursulton Nazarboyev tomonidan maqom jihatidan eng muhim davlat taşriflari vaqtida foydalanilgan Airbus A330-243 Prestige layneri sobiq davlat rahbari ixtiyorida qolgan.

Airbus A330-243 Prestige

Bundan taşqari, bunday bort raqamiga ega havo kemasi, 2019 yil oktabr oyi oxiridagi ma'lumotlarga qaraganda, davlatning birinçi şaxsi va rasmiy delegatsiyalar a'zolari parvozini ta'minlaydigan «Berkut» davlat aviakompaniyasi balansida emasligi ma'lum böldi.

Layner «Qozoğiston - Hukumat» operatori flotida qayd etilgan. Agar, Elboşi va Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi raisi Nursulton Nazarboyevning faoliyati töğrisidagi xabarlar aviatsiya harakatlarini kuzatiş uçun möljallangan onlayn-monitoring manbalari ma'lumoti bilan taqqoslansa, unda UP-A3001 bort raqami bölgan layner sobiq prezident tasarrufida qolganini köriş mumkin.

Qosim-Jomart Töqayev va Nursulton Nazarboyev

Yangi prezident-çi? Qozoğiston prezidenti sifatida Rossiyaga birinçi davlat taşrifi paytida Qosim-Jomart Töqayev butunlay boşqa layner - Airbus A321-211(CJ)dan foydalangan - bu havo kemasi şundan beri uning birinçi bortiga aylandi. Aynan uşbu samolyot bugungi kunda «Berkut» davlat aviakompaniyasining balansida.

Hozirda aviakompaniya flotida 11ta samolyot mavjud bölib, ular orasida yuqorida aytib ötilgan Airbus A321-211(CJ)dan taşqari, Airbus A320-214(CJ) Prestige, Boeing 757-200, SRJ-200, Bombardier Challenger 850, ikkita Mi-8 vertolyoti (boriş qiyin bölgan toğli hududlar uçun), bitta Il-76 va törtta An-2 bor. Davlat aviakompaniyasi hukumat delegatsiyalari, şuningdek, davlatning birinçi şaxsi parvozlarini amalga oşiradi.

Şu tariqa, Qozoğistonda ğayrioddiy vaziyat yuzaga keldi - mamlakatda aslida hokimiyat almaşinuvi röy berdi, ammo buni faqat uning bölinişi tarzida köriş mumkin. Ya'ni, respublikada hozir ham amaldagi prezidentda, ham sobiq davlat rahbarida birinçi raqamli samolyot bor, deb yozadi OAV.