Yoğoç-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini işlab çiqarişni yanada rivojlantiriş, importni qisqartiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinadi. Prezidentning bu haqdagi tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Davlat bojxona qömitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi, “Özkimyosanoat” AJ, Moliya vazirligi, Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi bilan birgalikda:
respublikaga import qilinayotgan yoğoç-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini narxlarini tahlil qiladi va bojxona tölovlarini töliq tölanişini ta'minlaş uçun ularga bazaviy narxlarni belgilaş çoralarini köradi;
2020 yil 1 yanvardan boşlab yoğoç-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini işlab çiqaruvçi korxonalarga muayyan investitsion majburiyatlar asosida, atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda tabiiy qamişzorlarni 10 yildan kam bölmagan muddatga bepul foydalanişga beriş tizimini joriy etadi;
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqarilayotgan “formalin 37 foiz” hamda “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqarilayotgan “karbamid A” mahsulotlariga qöllanilayotgan narxlarni tahlil qiladi va monopol yuqori narx qöllaş holatlarini oldini oliş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi, “Özstandart” agentligi bilan birgalikda ğözapoya, qamiş va boşqa mahalliy ösimliklar asosida yoğoç-qirindili plitalar işlab çiqarişga qöyiladigan umumiy texnik talablar işlab çiqilişini va belgilangan tartibda tasdiqlanişini ta'minlaydi.
Bunda, xalqaro talablarga muvofiq mahsulotning yuqori darajada konstruktiv mustahkamligi va xavfsizligini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratiladi.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda işlab çiqaruvçilar bilan birgalikda yoğoç-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini mahalliy xom-aşyodan işlab çiqariş böyiça ilğor xorijiy tajribaga asoslangan uslubiy qöllanmalarni yaratadi va özining rasmiy veb-saytiga bepul tarzda joylaştiradi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga köra:












