«Afsuski, Farğona va Buxorodagi neftni qayta işlaş zavodlarida işlab çiqarilayotgan aviakerosin yetarli emas. Şu sababli «Uzbekistan Airways» AJ bu mahsulotni import qilişga majbur bölmoqda. Qozoğistondayam, Rossiyadayam yölovçilarni taşiş, kerosin bilan ta'minlaş böyiça davlat tomonidan subsidiyalaş tizimi yaratilgan. Vazirligimiz tomonidan uşbu tizim örganib çiqilib, şu masala böyiça takliflar tayyorlayapmiz», degan Uluğbek Bektaşev Kun.uz muxbirining nima uçun Özbekistonda aviaçiptalar qöşni mamlakatlardagidan 2-3 barobar qimmatligi haqida bergan savoliga javoban.

Tadbirda Özbekistonga kelib-ketadigan aviakompaniyalar uçun aviakerosin bozor narxidan bir neça barobar qimmat narxda sotilişi böyiça ham izoh berildi.
«Haqiqatan ham «Özbekiston havo yöllari» MAK vaqtida çet el aviakompaniyalari uçun aviakerosin narxi qimmatroq bölgan. Misol tariqasida aytişim mumkin, oldingi vaqtda çet el aviakompaniyalarining samolyotlari Özbekistonda «zapravka» qilganda kerosinning bir tonnasi 1200 dollardan sotilar edi. Bugungi kunda şunaqa tizim yaratilganki, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi özi uçun özi kerosinni sotib olmoqda. Çet el aviakompaniyalarining samolyotlariga yoqilği quyişda import qilingan aviakerosin sotilmoqda. Ayni paytdagi narxga köra, kerosinning 1 tonnasi 890 dollar atrofidagi narxda çet avikompaniyalariga sotilmoqda», deydi Uluğbek Bektaşev.
















