Sardor Raşidov Vadim Abramov murabbiyligidagi Özbekiston milliy jamoasidan taklif olmagan bölsa-da, klubi «Qatar SK» safida öz gollari bilan muxlislarni quvontirmoqda. U FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, yurtimizga qaytdi.

Kun.uz sayti muxbiri Jizzaxda Sardor Raşidov bilan uçraşib, undan eksklyuziv intervyu oldi. Suhbat davomida legioner futbolçi Özbekiston milliy jamoasi sobiq boş murabbiyi Ektor Kuper haqida ham fikr bildirdi.

«Ektor Kuper öyin va natija jihatdan bizga heç narsa bermadi. Qatarda misrliklar juda köp. Klubimizda ham misrlik futbolçilar, mutaxassislar, klub işçilari talaygina. Qiziği, Kuper bizga boş murabbiy bölganida ularning aksariyati «Kuper sizlarda iş boşlabdi, muammoga yöliqibsizlar-da», deyişgandi. Negadir misrliklar Kuperni yoqtirişmasdi. Qaysi misrlik bilan gaplaşmay, u bizni «öldirib ketgan» derdi. Kuper iste'foga çiqarilgaç, Qatardagi misrlik murabbiy va futbolçilar xursand bölib, meni tabriklaşgandi.

Aynan uning qöl ostidagi öz öyinim haqida gapiradigan bölsam, öşanda men hujum haqida emas, köproq himoyamiz haqida öylaşim kerak edi. Uning talabini bajarmasam, darhol zaxiraga olardi. Bizda hujumkor yaxşi futbolçilar köp bölsa-da, Ektor Kuper eng avvalo himoya haqida öylaşimiz kerakligi haqida gapirardi. Misrda ham şunday işlagan ekan. Misrliklardan birining aytişiça, Kuper Misr terma jamoasida ham Muhammad Salohdan boşqa hammadan asosan himoyada töp surişni talab qilgan ekan» - deydi Sardor Raşidov.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bölgan videointervyuni tez orada Kun.uz va Tribuna.uz saytlarida tomoşa qilişingiz mumkin.