«Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolada Janubiy Koreyaga öqiş yo işlaş uçun borayotgan vatandoşlar bilişi tavsiya etiladigan yana beşta muhim ma'lumot sanab ötiladi.

Dastlabki beş tavsiya haqida maqolaning birinçi qismida söz yuritilgan edi.

6. Çiqindi taşlaşda maxsus pullik paketlardan foydalaning

Janubiy Koreyada çiqindi masalasi biroz tuşunarsiz körinişi mumkin. Axlat taşlaş uçun maxsus joylar bor, lekin deyarli alohida qutilar joylaştirilgan maydonlarni uçratiş qiyin. Aholi belgilangan hududlarga axlatlarni olib çiqib qöyişadi, erta tongdan maxsus xizmatçilar çiqindilarni yiğib çiqadi. Köça çetlarida uyum-uyum çiqindilar taşlanaveradi. Talab qilinadigan jihat şuki, bu işni maxsus paketlardan foydalangan holda bajariş lozim.

Mazkur qoidaga e'tibor bermaydigan yoki undan xabarsiz insonlar ham topiladi. Agar çiqindi taşlaşda qoidaga rioya qilinmasa va şu şaxs ustidan şikoyat tuşgan taqdirda, hatto aeroportdan çiqib ketayotganda ham jarima undirib olingan vaziyatlar haqida yurtdoşlarimizning öz oğzidan eşitdik. Jarima – 300 dollar atrofida. 

Paketlarning turlari ham bor. Ularning rangi va hajmi maqsadiga köra farq qiladi – oq, puşti, yaşil va oç kök. Ularni ajratişda qiynalsangiz, izlaşda koreysça nomidan foydalanişingiz mumkin:  odatiy çiqindilar uçun – 쓰 레 기 봉 투,  oziq-ovqat mahsulotlari uçun – 음식물 쓰레기 봉투. Paketlar pullik bölib, deyarli barça oziq-ovqat dökonlarida sotiladi.

Eslatma: Çiqindilar maxsus joylarga soat 19:00-23:00 oraliğida olib çiqilişi zarur, undan erta emas.

7.  CCTV – butun mamlakat böylab kuzatuv kameralari örnatilgan

«Özingni ehtiyot qil, qöşningni öğri tutma» degan maqol borki, bizning yurtda har kim öz mulki xavfsizligi uçun yaxşigina himoya çoralarini körib qöyadi. Koreyada har bir nuqtaga tun-kun işlaydigan kuzatuv kameralari örnatilganligi bois ham, köpçilik mahalliy aholi öz mulki xavfsizligiga ortiqça e'tibor bermaydi. Velosipedlar qulflanmagan, şaxsiy buyumlar şunçaki jamoat joylarida egasiz turganini köriş mumkin. Keraksiz ekan degan notöğri tuşunçaga boriş mutlaqo xato böladi.