Bugun, 27 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Baxt şahri hududida metan gaz tarqatiş şoxobçasiga navbat kutib turgan haydovçilar «zapravka» yopib qöyilgaç M-34 yölining Toşkent-Guliston yönalişini yopib qöyişdi. Ijtimoiy tarmoqda voqea joyidagi janjalli video tarqalgaç, Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz muxbiri söroviga javoban voqea yuzasidan munosabat bildirdi.
«Bir neça kundan beri aholi örtasida tabiiy gaz va elektr toki taqçilligi bölayotgani sababli e'tirozlar köplab kelib tuşmoqda. Şu jumladan, gaz taqçilligi avtomobillarga gaz tarqatiş şoxobçalarida ham kuzatilmoqda. Öz navbatida gaz quyiş şoxobçalarida köplab transport vositalari töplanib qolişi oqibatida avtomaşinalar navbat uzunligi bir neça yuz metrga yetmoqda.
27 noyabr kuni esa M-34 yölning 89-kilometrida, yöl yoqasida joylaşgan «Şeraton-servis» MÇJga qaraşli Avtomobillarga gaz tarqatiş korxonasi oldida bir qança fuqarolar gaz quyiş şoxobçasida norozilik bildirib, şu yerda fuqarolar kutiş joyidagi stullarni olib M-34 yölining Toşkent-Guliston yönalişini vaqtinça tösgani, yölda esa avtomaşinalar tirband bölib töxtab turgani körsatilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan Sirdaryo viloyati YHXB va Sirdaryo tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan örganilganda, uşbu gaz tarqatiş şoxobçasi bugun tongda işga tuşirilgani, haydovçilar esa keçadan beri navbat kutib turişganini, soat taxminan 11:00da özlarini Özbekiston Respublikasi «Özneftgaz» inspeksiyasi, Majburiy ijro byurosi, «Öztransgaz» agentligi xodimlari deb taniştirgan şaxslar kelib gaz hisoblaş moslamasini tekşiriş uçun olib ketişganliklarini, navbatda turgan 5-6 nafar haydovçilar esa uşbu holatga öz noroziliklarini bildirib, M-34 yölining Toşkent-Guliston yönalişini berkitişganini bildirişgan.
Şundan söng olib borilgan tuşuntiriş işlaridan söng u yerga yiğilgan haydovçilar tarqatilib, zudlik bilan yölda harakat tiklanganini ma'lum qilamiz», deyiladi Sirdaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabarida.













