30 May

14:45

Milliy armiya 2030 yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlanadi - Prezident

Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari faqat va faqat xalq va davlat milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Batafsil

14:12

Benzin ishlab chiqarish va import qilish keskin oshdi. Bunga sabab nimada?

2023 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 32 foizga, import qilish hajmi 2 barobarga ko‘paydi. Importning deyarli 98 foizi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan. Batafsil

13:51

Qashqadaryoda yana ikki nafar bloger va sayt bosh muharriri qamaldi

11:52

“Fuqarolar o‘z dini ta’limotlarini o‘rganish huquqiga ega” – Musulmonlar idorasi “tarqatish mumkin bo‘lgan” manbalarni e’lon qildi

29 May

21:19

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida avval berkitilgan uchta nazorat o‘tkazish punkti qayta ishga tushadi

Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradagi «Bekobod - Xonobod» chegara o‘tkazish punktidagi devorni buzayotgani videotasvirlari tarqaldi. Aniqlanishicha, video Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Andijon viloyati chegarasida suratga olingan. Batafsil

19:51

Chilonzor tuman IIBda tergov qilinayotgan 21 yoshli yigit vafot etdi

Tergovchilar “u qochish maqsadida IIB binosi 4-qavatidagi hojatxona derazasidan o‘zini tashlagani va oyog‘i singani”ni aytgan. Marhumning yaqinlari bu izohga shubha bildiryapti. Batafsil

19:48

Chorak asr boshqaruvda. Erdo‘g‘anning saylovdagi navbatdagi g‘alabasi qanday ro‘y berdi?

Turkiyani 20 yildan buyon boshqarib kelayotgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an navbatdagi saylovlarda ham katta qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi va yana besh yil davomida mamlakatni boshqarish huquqiga ega bo‘ldi - uning boshqaruvi davrida Turkiya yanada boyidi va xalqaro maydondagi nufuzini oshirdi, ammo mamlakat ichkarisida dunyoviylik va erkinlik kamaydi. Batafsil

18:29

Qashqadaryoda mahalliy bloger qamaldi. U SChR bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani aytilmoqda

28 May

19:08

Frontdagi vaziyat: Ukrain kuchlari nega Belgorod oblastiga hujum qildi? Baxmut atrofida nima gap?

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «O‘zimiznikini qaytarish vaqti keldi» so‘zlari bilan post qoldirdi. Katta ehtimol bilan, bu so‘zlar ukrain armiyasi anchadan buyon va’da qilinayotgan qarshi hujumni boshlashga tayyorligini ko‘rsatadi. Batafsil

13:01

Germaniyada drama, Messi Ronalduning rekordini yangiladi. Yevropada kun o‘yinlari

Shanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat. Batafsil

10:00

Imi-jimidagi cheklov, qaltislashgan diniy vaziyat va “o‘g‘irlangan” bayroq - hafta dayjesti

Qayta uyg‘ongan OVIR xavotiri: boshqalar go‘dakka ham 10 yillik pasport berayotgan paytda, bu nimasi? Toshkentda “Ukraina bayrog‘iga hujum” operatsiyasi: bosqinchilikmi yo absurdning cho‘qqisi? Savol ostidagi diniy erkinlik: vaziyat tahlikali tus olyaptimi? Ortda qolayotgan haftaning asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida. Batafsil

09:14

«Ertaga, indin yoki bir haftadan keyin» - Danilov Ukraina armiyasining qarshi hujum boshlashga tayyorligi haqida

Oleksiy Danilov UQK bo‘lajak qarshi hujumini «tarixiy imkoniyat» deb atadi va u allaqachon boshlangan degan da’volarni rad etdi.  Batafsil

27 May

14:54

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshda vafot etdi

08:55

Ta’lim xarajatlari soliqqa tortilmaydi. Imtiyozdan qanday foydalanish mumkin?

Bog‘cha, maktab, kollej, litsey va oliygoh kabi ta’lim maskanlarida o‘qish uchun sarflangan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod qilingan. Imtiyozdan foydalanish va uni olish uchun ma’lum talablar bor. Kun.uz videosharhida bu imtiyozdan kimlar foydalana olinishi va to‘langan daromad solig‘ini qanday qaytarib olishni tushuntiradi. Batafsil

26 May

21:24

O‘zbekistonlik yigit Ukrainadagi urushda halok bo‘ldi 

U Rossiya qamoqxonasidan majburlab Ukrainadagi urushga safarbar qilingan.  Batafsil

20:07

Foto: Prezident jamoat transportida yurib, xizmat sifatini ko‘rdi

Davlat rahbari endigi vazifa yo‘llarda tirbandlikni kamaytirib, avtobuslarning erkin harakatini ta’minlash ekanini qayd etdi. Batafsil

17:58

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlab o‘ldirgan qotil umrbod qamaldi

O‘ta xavfli retsidivist deb topilgan qotil jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘taydi. Batafsil

25 May

23:19

«Uch tomonlama» gaz ittifoqi loyihasi parametrlari ishlab chiqilayotgani aytildi 

21:53

Erdo‘g‘anning g‘alaba uchun imkoniyati oshdi. O‘g‘an nega bunday tanlov qildi?

Millatchilar nomzodi, saylovlarning birinchi turida uchinchi o‘rinni egallagan Sinan O‘g‘an MGIMOda dissertatsiya yoqlagan va bungacha doim amaldagi prezidentga qarshi bo‘lgan. Batafsil

21:40

Amerika kompaniyasi GTL zavodiga 1 mlrd dollar investitsiya kiritadi

19:08

“Bu epidemiyaga olib kelishi mumkin” - Yunusobodda boshlanayotgan qurilish xavotirlarga sabab bo‘lyapti

70 yil davomida yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina va zardoblar ishlab chiqarilgan tadqiqot instituti o‘rnida ko‘p qavatli turar joy qurilishi boshlangan. Aholi bu hududda emdorilar sinab ko‘rilgan hayvonlarning jasadi ko‘milgani, ayrim infeksiya qo‘zg‘atuvchi sporalar o‘lmasligi va 100 yilgacha saqlanib qolishi, shu sababdan ham hududni kovlash mumkin emasligini aytmoqda. Batafsil

17:23

Toshkentdagi ko‘p qavatli uy balkonidan Ukraina bayrog‘i olib tashlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Yangi Moskva turar joy kompleksida, 8-qavatdagi uylardan birining balkonida turgan Ukraina bayrog‘i maxsus vositalarni jalb qilgan holda olib tashlandi. Bu paytda uyda bo‘lmagan xonadon egasining aytishicha, voqeadan oldin unga IIB xodimi qo‘ng‘iroq qilgan. Batafsil

14:01

YeOII muammoli holatda. To‘qayev nima demoqchi bo‘ldi?

Qozog‘iston prezidenti mavjud vaziyat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining boshqa a’zolari uchun ma’lum bir muammo yaratayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston bunday tushunarsiz ittifoqqa qo‘shilishi to‘g‘rimi? Batafsil

08:51

Taniqli sportchi va hakam operatsiyadan so‘ng vafot etdi

U Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan birida kosmetologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, shundan so‘ng ahvoli og‘irlashgan. Batafsil

24 May

20:31

«Rayyona Qutlug‘» ishi: 200 odamni 15 mlrdga “tushirgan" firibgarlardan biriga hukm o‘qildi

19:56

Ukrainaga maqtov, urushning ikki ssenariysi va amalga oshmagan «denatsifikatsiya». Prigojin shov-shuvli intervyu berdi

Putinning oshpaziga ko‘ra, Rossiya urushda natijaga erishishi uchun bir necha yil Shimoliy Koreya kabi yashashi kerak. Prigojin afg‘on urushida «Vagner» Baxmutda boy berganidan ancha kam odam o‘lganini aytdi. Batafsil

19:24

Rossiya Baxmut olinganini e’lon qilgan, Ukraina «qopqon» haqida aytmoqda. Kim haq?

Har qanday hujum mudofaaga o‘tish bilan yakunlanadi. Moskvadagilar chegarani Donetsk oblastidagi rayon markazi ortidan o‘tkazishga qaror qilishgan – bu shaharni egallash uchun amaliyot qariyb o‘n oyga cho‘zildi. Batafsil
Top