Ukraina Rossiya qöşinlariga qarşi uzoq kutilgan qarşi hujumni boşlaşga tayyor. Bu haqda mamlakatdagi xavfsizlik masalalariga mas’ul bölgan yuqori martabali mulozimlardan biri BBC bilan intervyuda ma’lum qildi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov  operatsiya boşlanişi mumkin bölgan aniq sanani oçiqlaşdan boş tortdi va bu «ertaga, indinga yoki bir hafta içida» boşlanişi mumkinligini bildirdi. 

U Ukraina hukumatida qaror qabul qilişda «xato qiliş huquqi yöqligi»dan ogohlantirib, bu mamlakat qöldan boy bera olmaydigan «tarixiy imkoniyat» bölişini ta’kidladi.

Danilov prezident Volodimir Zelenskiyning harbiy hukumatida markaziy rolni öynaydi. U tez-tez intervyu berdi, bu safargi muloqot prezident Zelenskiyning uni aynan qarşi hujum muhokama qilinajak yiğilişga çaqirib qolişi tufayli uzilib qolgan.

Ukraina bir neça oydan buyon qarşi hujumni rejalaştirib keladi, ammo qöşinlarni yaxşiroq tayyorlaş va ğarblik ittifoqçilardan harbiy texnikalar oliş uçun köproq vaqtga ega böliş maqsadida yuriş boşlaşni keçiktirmoqda.

Bu vaqtda esa Rossiya qöşinlari öz mudofaa istehkomlarini tayyorlamoqda.

Örtaga köp narsa tikilgan, çunki Kiyevdagi hukumat Ukraina xalqi va Ğarbdagi ittifoqçilarga Rossiya mudofaa çiziğini yorib ötib, heç bölmaganda suveren hududining bir qismini qaytarib olişi mumkinligini körsatişi kerak.

Danilovning aytişiça, Ukraina qurolli kuçlarining qarşi hujumi, qömondonlarning hisob-kitoblariga köra, Ukraina «uruşning uşbu bosqiçida eng yaxşi natijaga erişiş imkoniyatiga ega bölganda» boşlanadi.

Ukrain qöşinlari bölajak qarşi hujumga bir neça oy davomida ğarb texnikalari orqali tayyorgarlik kördi
Foto: Getty Images

Ukraina qurolli kuçlari yurişga qançalik tayyorligi töğrisidagi savolga u şunday javob qaytargan: «Biz hamişa tayyormiz. Xuddi istalgan vaqtda öz vatanimizni himoya qilişga tayyor bölganimiz kabi. Va bu vaqt masalasi».

«Biz şuni tuşunişimiz kerakki, Xudo mamlakatimizga bergan, Ukrainaga mustaqil, Yevropa davlati böliş yölidagi tarixiy imkoniyatni qöldan boy bera olmaymiz», degan Danilov va qöşimça qilgan: «Bu ertaga, ertadan keyin yoki bir hafta ötib röy berişi mumkin».