Qaşqadaryo viloyati sudining xabar berişiça, 29 may kuni jinoyat işlari böyiça Şahrisabz şahar sudining oçiq sud majlisida bloger A. Abdullayev (1987 yilda Yakkaboğ tumanida tuğilgan), Nasaf News veb-sayti rahbari Umid Karimov (1996 yilda Qarşi tumanida tuğilgan) va avtobloger Maqsud Muzaffarov (1988 yilda Yakkaboğ tumanida tuğilgan)ga oid ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan.
Mazkur fuqarolar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning bir qator bandlari bilan aybdor deb topilib, ularning har biriga beş sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.
Jumladan :
- A. Abdullayev MJtK 125-moddasi 3-qismi, 5-qismi, 126-moddasi 1-qismi, 127-moddasi 2-qismi (barçasi transport vositalaridan foydalanişga tegişli qoidabuzarliklar), 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan;
- U. Karimov MJtK 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan;
- M. Muzaffarov 125-moddasi 5-qismi, 126-moddasi 1-qismi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
Iş hujjatlariga köra, 29 may kuni soat 10:20 larda Şahrisabz şahar IIB YHXB boşliği F. Yangiboyev şahar IIB YHXB ma’muriy binosi oldida davlat raqam belgisi yeçilgan holda barça oynalari töliq qoraytirilgan «Jyentra» maşinasini körib, undan şubhalangan.
Söng hujjatlarini tekşiriş va uşbu maşina kimga tegişli ekanini aniqlaş uçun borganida fuqaro A.Abdullayev «Jyentra» öziga tegişli ekanini ma’lum qilgan.
A.Abdullayev IIB YHXB boşliğiga özining fuqarolik pasportini berib, maşinaga tegişli hujjatlarni bermagan va qöpollik qilgan. Şunda F. Yangiboyev boşçiligidagi YHXB xodimlari maşina egasini aniqlaş va sodir qilgan qoidabuzarlik uçun uni jarima maydoniga joylaştirmoqçi bölganida, A.Abdullayevning yonida turgan M. Muzaffarov va U. Karimov IIB xodimlariga nisbatan qöpollik qilib, janjal qila boşlagan.
Şundan söng Şahrisabz şahar IIB YHXB F. Yangiboyev Şahrisabz şahar IIBga qönğiroq qilib, vaziyatni tuşuntirib, yordamçi kuç yuborişni söragan. Zudlik bilan Şahrisabz şahar IIB boşliğining örinbosari J. Raupov voqea joyiga yetib kelib, A.Abdullayev bilan suhbatlaşib, maşina egasini söraganda u IIB boşliğining örinbosari J. Raupovga ham qöpol munosabatda bölgan.
















