26 may kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tumani sudida Yangihayot tumanida 12 yoşli qizni öldirgan şaxsga sud hukmi öqildi. Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, sudlanuvçi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

U Jinoyat kodeksining:

  • 226-moddasi (Ma’muriy nazorat qoidalarini buziş) 1-qismi;
  • 137-moddasi (Odam öğirlaş) 3-qismi «b» bandi;
  • 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi;
  • 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismi;
  • 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi «v» bandi;
  • 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismi «v», «j», «z», «o» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (Bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) 4-qismi tartibida uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat) 3-qismi «b» bandiga asosan u öta xavfli retsidivist deb topilib, unga tayinlangan jazo maxsus tartibli koloniyada ötalişi belgilandi.

Bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 96-moddasi (Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yösindagi majburlov çoralarini qöllaş) ga muvofiq sudlanuvçiga jazoni ötaş joylarida alkogolizm hamda murakkab politoksikomaniyaga qarşi davolaş çoralari qöllanişi belgilandi.

Voqea tarixi

2023 yilning 31 yanvar kuni Toşkent şahri Yangihayot tumanida 12 yoşli qizning murdasi topilgan va uning mahalladoşi bölgan A.T qotillikda gumonlanib qölga olingandi. Boş prokuratura qizning jasadida zörlik va qotillik alomatlari borligini ma’lum qilgandi.

Gumondor marhumning qöşnisi bölgan va u yaşagan uyda ustaçilik qilgani aniqlangan. Qizça qidirilganda u ham qöşnilarga qöşilib birga qidirişgan, odamlar qizning murdasi yotgan tomonga bormoqçi bölganda, ularni çalğitib boşqa joyga olib ketgan.

Marhumning onasi unga umrbod qamoq jazosi berilişini söragandi.